Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.S. xorijda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro Z.X.ga 85 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Tadbir davomida undan umumiy qiymati 53,7 mln so‘mlik 52 turdagi 1 192 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Shuningdek, Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.D. 23 turdagi 601 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro S.D.ga 42,3 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!