Davlat xavfsizlik xizmati va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona va Namangan viloyatlarida katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari musodara qilindi.
Farg‘ona shahrida 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadoniga umumiy qiymati 778 million so‘mlik 45 960 dona dori vositasini tushirayotgan vaqtida to‘xtatildi. Shuningdek, uning uyidan qo‘shimcha ravishda 468 million so‘mlik 16 535 dona dori vositasi aniqlandi.
Namangan viloyatida esa ikki nafar fuqaro yashash xonadonlari hamda noturar binoda noqonuniy ravishda saqlab kelgan, qiymati 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 32 528 quti dori vositalari musodara qilindi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan ekspertiza tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!