$
12024.40 UZS
7.36
160.41 UZS
-0.22
13642.88 UZS
-69.76
31° Kechasi 18°

“Shu kreditni kim chiqargan ekan-a?” Kredit haqidagi qiziqarli faktlar

19:11 / 13.09.2019

Leninning Shvetsariya bankidagi hisobida qancha pul bo‘lgan?

Bugun deyarli 70 foiz odam bankdan kredit oladi. Eng yomoni har oy to‘lov muddati yaqinlashgani sari kayfiyatimiz ham buzilishni boshlaydi. Ana shunday vaqtlarda “shu kredit qayerdan chiqqan ekan-a?”, deb yuboramiz. Sizlarga og‘irimizni yengil qilayotgan kreditlarning qayerdan chiqqani-yu, qayerda tarqatila boshlanganligi haqidagi qiziqarli faktlarni ulashmoqchimiz

Qizig‘i shundaki, pul eramizdan bir necha asr oldin paydo bo‘lib, o‘sha vaqtlardayoq ma’lum bir muddatga pul olish imkoniyati mavjud bo‘lgan ekan. Keyinchalik banklar paydo bo‘ldi, bu muassasalar nafaqat kredit bera olishardi, balki ularda jamg‘arma depoziti kabi xizmatlar ham mavjud bo‘lgan.

Demak, faktlar ketma-ketlgini boshladik!

1. Olimlar Bobil va qadimgi Misrda eramizdan avvalgi VIII asrdayoq ilk kreditorlar paydo bo‘lganini isbotlashgan. 
 
2. Garchi kredit tizimi ancha oldin shakllangan bo‘lsa ham, birinchi bank muassasasi faqat milodiy XVI asrda paydo bo‘lgan. Bank haqidagi ilk xabarlar 1580-yillarda Venetsiyada tarqala boshlangan. 1608-yilda esa Gollandiyada ikkinchi bank ochilgan. Buyuk Britaniyadagi moliyaviy institut 1694-yildan o‘z faoliyatini boshlagan.
 
3. Eng qizig‘i endi boshlanmoqda. Albatta, kredit olgandan keyin uni vaqtida qaytarish ham kerak. Lekin har doim ham qarzni belgilangan vaqtda berishning imkoni bo‘lavermaydi. Buni qarangki, Bobil podshohlarining eng dono va adolatli shohi hisoblangan qirol Xammurapi davrida qarzini o‘z vaqtida qaytarmaganlarning farzandlari qul sifatida olib ketilgan.

4. Shveytsariya tarixida moliyaviy institutlar haqida qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Bu yerda banklar XIX asrning oxirlarida ochilgan. Ayni paytda 52 trillion dollar bilan butun dunyo bo‘ylab mamlakatning 450 dan ortiq taniqli moliya muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

5. Shunisi qiziqki, yaqinda Shveytsariya banklaridan birida proletariat rahbar Lenin nomiga tegishli hisob raqami topilgan. Unda 13,5 frank bo‘lgan.

6. Banklar bilan bog‘liq ajoyib fakt: 1179-yilda Papa Aleksandr III bank xodimlarini cherkovdan mutlaqo ajratib turadigan farmon chiqargan. Ushbu hujjat bugungi kungacha bekor qilinmagan. Unga ko‘ra, bankirlarning sudga kelishi taqiqlangan. Nasroniylar urf-odatlariga ko‘ra, ularga dafn marosimida ishtirok etish ham mumkin emas. 

7. Hamma zamonaviy odamlarga tanish bo‘lgan “ipoteka” so‘zi qayerdan kelganligini bilasizmi? Uning ildizlari qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. O‘sha vaqtlarda kredit olish maqsadida garovga qo‘yilgan yerlarga “hypotheke” deb yozib qo‘yilgan. Uning ma’nosi shunda ediki, bankdan qarz olgan shaxs kredit qoidalarini vaqtida bajarmasa, mazkur yer bank hisobiga o‘tib ketishini bildirgan. 

8. Yana bir qiziq ma’lumot. Dunyodagi yirik banklar uchun harbiylar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, advokatlar va OAV xodimlari yoqimsiz mijozlar hisoblanishadi. 

9. Rim imperiyasi tarixida kreditlar to‘g‘risida bundan ham qiziqarli ma’lumotlarni topish mumkin. Quldorlik davrida Rimda qarzning ozgina kechikishi tufayli qarzdor osonlikcha qulga aylantirib yuborilgan ekan. 

10. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining ma’lumot berishicha, Shvetsariya banklaridagi inglizlarning 4 mlrd. dollarlik milliy boyliklari hali ham o‘z egalariga qaytarib berilamagan. 


Bu ham qiziq

Andijon, Farg‘ona va Toshkentda energiya resurslari hamda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Andijon, Farg‘ona va Toshkentda energiya resurslari hamda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Andijon viloyati, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida energiya resurslari hamda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish bi…
16:31 / 22.06.2026
24-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

24-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:18 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda xavfsizlik talablariga javob bermagani sababli 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtati…
16:24 / 22.06.2026
Avstraliyada rekord miqdordagi kokain musodara qilindi

Avstraliyada rekord miqdordagi kokain musodara qilindi

Avstraliya Federal politsiyasi (AFP) Sidney shahri g‘arbidagi Londerderri hududida 2,7 tonna kokainni musodara qildi.
16:45 / 22.06.2026
O‘zbekistondagi avtotransport vositalari soni qariyb 5 millionga yetdi

O‘zbekistondagi avtotransport vositalari soni qariyb 5 millionga yetdi

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 4 million 903,1 mi…
16:41 / 22.06.2026
“Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O‘zbekistondan qo‘rqib maydonga tushadigan bo‘ladi” – Ravshan Ermatov

“Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O‘zbekistondan qo‘rqib maydonga tushadigan bo‘ladi” – Ravshan Ermatov

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Portugaliyaga qarshi uchrashuvdagi yirik hisobl…
17:05 / 24.06.2026
Ronaldo 6 ta jahon chempionatida gol urib, tarixiy rekord o‘rnatdi

Ronaldo 6 ta jahon chempionatida gol urib, tarixiy rekord o‘rnatdi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 6 ta jahon chempionatining har birida gol urdi va bu natijaga erishgan …
08:40 / 24.06.2026
Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.202…
17:47 / 23.06.2026
Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
14:13 / 24.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!