Toshkent shahrida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A. 100 AQSH dollari kupyurasidagi qalbaki 10 ming AQSH dollarini fuqaro R.Z.ga 6,5 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tezkor tadbir jarayonida qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!