Amerikalik tadbirkor Ilon Mask tarixdagi ilk trillioner sifatidagi maqomini yo‘qotdi. “Bloomberg” milliarderlar indeksiga ko‘ra, ayni paytda uning boyligi 957 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mask joriy yilning 12-iyun kuni boyligi 1 trillion dollardan oshib, insoniyat tarixidagi ilk trillionerga aylangandi. Biroq bu rekord uzoq davom etmadi — milliarder ushbu maqomni atigi 11 kun saqlab qola oldi.
Tahlilchilarga ko‘ra, boylikning qisqarishiga SpaceX kompaniyasi aksiyalarining so‘nggi savdolarda 3,9 foizga arzonlashgani sabab bo‘lgan. Natijada kompaniyaning umumiy bozor qiymati 2 trillion dollarlik muhim chegaradan pastga tushib ketdi.
Ta’kidlash joiz, iyun oyi boshida o‘tkazilgan shov-shuvli IPO‘dan so‘ng SpaceX qiymati 2,9 trillion dollarga yetib, Microsoft va Amazon kabi texnologik gigantlarni ham ortda qoldirgandi.
Shunga qaramay, SpaceX’ning tarixiy IPO‘si kompaniyaning 4,4 mingdan ortiq odd
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!