Ehtimol, nolling haqida eshitgandirsiz. Agar xabaringiz bo‘lmasa, unda biz sizga tushuntirishga harakat qilamiz. Nolling deb – obyektlarni tekis sirt ustida 90 daraja burchak ostida yoki unga parallel ravishda guruhlangan tartibda joylashtirib chiqib, keyin uni yuqoridan suratga olishga aytiladi.
Odatda nollinglardan bloggerlar sumkasi, yuk xaltasi yoki ish stolidagi buyumlarni ko‘rsatishda foydalanishadi. Bu turdagi rasmlar bugun internet olamida juda ommalashib ketdi. Chunki bunday rasmlarning o‘ziga yarasha foydali jihatlari bor. Bunday kompozitsion rasmlarda bir obyektda qanday narsalar bo‘lishi haqida bilib olish mumkin.
Bunga qiziqqan butun dunyodagi qutqaruvchilar, politsiyachilar, tez yordam xodimlari o‘z ish faoliyatlarida nimalardan foydalanishlarini keng ommaga ko‘rsatish maqsadida nolling qilishga qaror qilishdi. Ular foydalanadigan jihozlarini, transport vositalarini, uskunalari va, albatta, o‘zlarini ham kompozitsiyaga kiritib, nolling rasmlar olishdi. Natijada, ular juda mazmunli va ajoyib bo‘lib chiqdi. Biz ulardan eng yaxshilarini saralab, sizlarga ilindik.
Ish vaqtida qutqaruvchilarda mana shunday asbob uskunalar bo‘lishi zarur

Shveytsariya politsiyachilarining asbob-uskunalar to‘plami, taxminan, mana shunday bo‘ladi

Shveytsariyalik o‘t o‘chiruvchilarning mashinasida nimalar bo‘lishiga etibor bering-a!


Bu esa Niderlandiyaning quvnoq o‘t o‘chiruvchilari


Bunisi Gollandiyalik askarlar


Sohil qutqaruvchisi

Golland politsiyachisi

Gollandiya dengiz qutqaruv xizmati

Bu soqolli politsiyachi Yangi Zelandiya fuqarolariga beminnat xizmat qiladi

Mana bunisi esa Singapurdagi o‘t o‘chirish mashinasi

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!