Yaponiyalik olimlar orxideyaning yangi turini aniqlashdi. Tokio prefekturasining Xachijo tumanida pushti gulbargli noodatiy gullar topildi.
Yangi turga "Spiranthes hachijoensis" nomi berildi. Olimlar orxideya maysazorlar, bog‘lar va hatto shaxsiy bog‘lar kabi jamoat joylarida o‘sayotganini aniqladilar.
"Spiranthes" orxideya Yaponiyadagi eng mashhur tur hisoblanadu. U yapon sheʼriyatining eng qadimgi antologiyasi boʻlgan “Manyoshu”da tilga olingan. Uzoq vaqt davomida mamlakatda ushbu jinsning faqat bitta vakili "Spiranthes australis" o‘sadi, deb ishonilgan. Biroq dala tadqiqotlari jarayonida "Spiranthes australis"dan taxminan bir oy oldin gullagan o‘simliklarning noma’lum populyatsiyasi topildi.
Olimlar Yaponiya, Tayvan va Laosda o‘simliklar namunalarini yig‘ishdi va DNK tahlilini o‘z ichiga olgan bir qator tadqiqotlar o‘tkazdilar. Ularning natijalari shuni ko‘rsatdiki, "Spiranthes hachijoensis" orxideyasi alohida genetik naslni ifodalaydi.
Biologlarning fikriga ko‘ra, Yaponiyada gullaydigan o‘simliklarning yangi turining topilishi juda kam uchraydigan hodisadir, chunki bu mintaqa florasi diqqat bilan o‘rganilgan. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, bu mamlakatda hali ham fanga noma’lum o‘simlik turlari mavjud va ular chekka hududlarda emas, balki oddiy sharoitlarda o‘sishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!