$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

O‘zbekiston bozorlarida sabzi narxi iyun oyiga nisbatan 5 barobarga arzonladi

11:57 / 10.11.2021

O‘zbekistonda noyabr oyidagi sabzining narxini 2021-yil iyun oyi bilan taqqoslaganda 4-5 barobargacha tushgan. 

20-iyun holatiga ko‘ra, 1 kg sabzining o‘rtacha chakana narxi 6000-10000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda (2021-yil oktyabr-noyabr) 2000 so‘mgacha tushdi, dalaning o‘zidagi o‘rtacha xarid narxi esa 1 kg sabzi uchun 1000-1500 so‘m atrofida baholanmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi sabzining narxi 2022-yil bahorida kutiladigan yangi hosilga qadar shu darajada saqlanib qolishini prognoz qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yili barcha toifa xo‘jaliklarida sabzi jami 124,4 ming gektar (o‘tgan yilga qaraganda, 18,2 ming gektarga ko‘p) maydonda ekildi. 2021-yilda yetishtirilgan 2 mln tonnadan ortiq hosildan (o‘rim-yig‘im ishlari davom etyapti) asosiy qismi ichki bozor ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2021-yili 7,6 mln AQSH dollariga teng sabzi mahsuloti 9 davlatga eksport qilingan. Mahsulot asosan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaga shuningdek, Tojikiston, Belarus, Chexiya, Ukraina, Koreya Respublikasi va BAA davlatlariga yetkazib berilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston aholisining sabzi mahsulotiga bo‘lgan yillik ehtiyoji 700-800 ming tonnani tashkil etadi. 


 


Bu ham qiziq

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025
Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra kamar uchun jang qiladi

Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra kamar uchun jang qiladi

Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt ma’lum qildi.
09:25 / 14.05.2025
Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini tugatish uchun O‘zbekistonga 16 yuk mashinasi Hirot marmarini had…
18:06 / 14.05.2025
Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlar faoliyatiga qo‘yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
14:19 / 13.05.2025
Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiy…
19:00 / 13.05.2025
Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Bu orqali partiya o‘z dasturining maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirish, elektorati manfaatlarini kengroq ifodalas…
19:15 / 13.05.2025
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

“Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat …
17:15 / 14.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Davlat xavfsizlik xizmatining call-markazi ishga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining call-markazi ishga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezko…
08:41 / 15.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!