Eng yengil vazn toifasida ayollar o‘rtasidagi UFC chempioni Islam Maxachev va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi yengil vazn toifasidagi chempionlik jangi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Charlz juda xavfli, u aqldan ozgandek kurashadi. U raqibni mag‘lub etishi mumkin, o‘tkazib yuborishi mumkin va bu ajoyib bo‘ladi.
Islam tinchroq, nazoratliroqdir. U shu daqiqani kutadi - qachon jang qilish kerak bo‘lsa, u jang qiladi, tik holatda urushish kerak bo‘lganda, u tik holatda kurashadi.
Bu aql bovar qilmaydigan darajada aqldan ozgan va ajoyib jang bo‘ladi. Oliveyra yuqori reytingli raqiblar bilan kurashgan bo‘lsa-da, Maxachev favorit ekanligi meni hayratda qoldiryapti.
Darhaqiqat, Charlz barcha yengil vazn toifadagilar bilan jang qildi, ularning barchasini mag‘lub etdi va o‘zining bu yerga tegishli ekanligini, shuning uchun unvonga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Islamda hech qachon undan ko‘ra baholiroq odam bilan jang qilish imkoni bo‘lmagan. Men kuchli beshlikdagi eng yaxshi jangchilarni nazarda tutyapman”, – dedi Shevchenko.
Ma’lumot o‘rnida, Maxachev va Oliveyra o‘rtasidagi jang 22-oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 musobaqasida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!