$
12808.39 UZS
-7.72
132.63 UZS
-0.23
13862.52 UZS
26.25
11° Kechasi

Voyaga yetmaganlarga jinsiy tajovuz qilganlarga amnistiya qo‘llanilmaydi

17:04 / 11.01.2023

Adliya vazirligi tomonidan xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada bolalar va xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashining oldini olish choralari samaradorligini oshirish, oila institutini mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga qaratilgan bir qator takliflar ilgari surilmoqda.

Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish, unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, fohishalikka jalb qilish, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Xususan, ularga nisbatan:

— jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilmaydi;

— ayolni homilasini sun’iy tushirishga majburlash, nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish uchun jazo og‘irlashtirilmoqda;

— shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik (intim hayot daxlsizligini buzish) uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda;

— jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish: uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so‘zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash, shahvoniy maylni ko‘rsatuvchi harakatlar qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda;

— shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, erkinligi, sha’ni va qadr qimmatiga, O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga yetmaganlarga xizmat ko‘rsatiladigan ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlashi taqiqlanmoqda.


Bu ham qiziq

Barmoqlaringizni massaj qilib turing, chunki…

Barmoqlaringizni massaj qilib turing, chunki…

Bosh barmoq massaj qilinganda, miya faoliyati kuchayadi va bosh og‘rig‘i yengillashadi;Ko‘rsatkich barmoq massaj qilinganda …
11:10 / 28.10.2024
Eron prezidenti Isroil hujumiga “o‘ylangan javob” berish bilan tahdid qildi

Eron prezidenti Isroil hujumiga “o‘ylangan javob” berish bilan tahdid qildi

Eron Isroil hujumiga “muvozanatli va puxta o‘ylangan” javob berishga tayyor, dedi Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon X ijtim…
13:11 / 27.10.2024
Anor po‘stlog‘ining shifolarini bilib oling

Anor po‘stlog‘ining shifolarini bilib oling

Quritilgan anor po‘chog‘ini ko‘k choy bilan birga choynakka solib, qaynoq suv bilan damlang. Bu choyni kechasi uxlashdan old…
17:40 / 27.10.2024
Allamjonovga suiqasd uyushtirgan shaxslardan biri ushlandi

Allamjonovga suiqasd uyushtirgan shaxslardan biri ushlandi

Xabaringiz bor, Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyu…
09:47 / 27.10.2024
Kuchli to‘fon natijasida millionlab insonlar jabrlandi

Kuchli to‘fon natijasida millionlab insonlar jabrlandi

Filippinda kuchli to‘fon yuz bermoqda. Oqibatda esa salkam 50 kishi halok bo‘lgan.
14:01 / 27.10.2024
Prezident oilasi bilan birga saylovda ovoz berdi (video)

Prezident oilasi bilan birga saylovda ovoz berdi (video)

Xabaringiz bor, bugun, 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar dep…
11:37 / 27.10.2024
MSK tomonidan saylov natijalari e’lon qilindi

MSK tomonidan saylov natijalari e’lon qilindi

Kecha, 27-oktyabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarining saylovi bo‘lib …
11:50 / 28.10.2024
Prokuratura organlariga saylovga oid 6 ta murojaat kelib tushgan

Prokuratura organlariga saylovga oid 6 ta murojaat kelib tushgan

Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi.
16:57 / 27.10.2024
Toshkentda yuzlab aholi elektrsiz qoldi

Toshkentda yuzlab aholi elektrsiz qoldi

Yakkasaroy tumanida qurilish tashkilotining tamirlash davomida elektr tarmogʻiga shikast yetkazdi.
19:39 / 27.10.2024
Afg‘oniston ayollariga bir-biri bilan gaplashish taqiqlandi

Afg‘oniston ayollariga bir-biri bilan gaplashish taqiqlandi

Bild nashrining xabar berishicha, “Tolibon” fazilatlarni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vaziri Holid Xanafi ayo…
09:19 / 28.10.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!