Bugun, 28-oktyabr kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Usmonov Afg‘oniston poytaxtiga tashrif buyurgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, diplomat 62 yoshda. U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Shuningdek, 2020-2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.
Qayd etilishicha, Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.
Kobulga tayinlanishidan oldin diplomat Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012-yillarda esa O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Afg‘onistondagi yangi elchi Pashtu-dari va ingliz tillarini mukammal biladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!