Xabaringiz bor, Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning biri aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlangan.
Qayd etilishicha, 26-oktyabr kuni Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi Range Rover rusumli avtomashinaga qarata ikki nafar noma’lum shaxs o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilib, noma’lum tomonga yashiringan. Hech kim tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) hamda 248 (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Bosh prokuratura, Toshkent viloyati, Toshkent shahar, Harbiy, Transport prokuraturalari hamda IIV, viloyat, Toshkent shahar IIBB, Bojxona qo‘mitasi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzilgan.
Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchi shaxs o‘tkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!