Kecha, 18-oktyabr kuni Vashingtondagi Kapitoliy tepaligida AQSh Kongressi binolaridan biri bo‘lgan Cannon House binosiga kamida yuz nafar namoyishchi kirgan. Ular G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.
Ma’lumotga ko‘ra, namoyishchilar politsiya talabiga qaramay binolarni tark etishdan bosh tortgan va natijada namoyish qo‘lga olish bilan yakunlangan.
Politsiyaning xabar qilishicha, qo‘lga olingan uch nafar faol politsiyachiga hujum qilganlikda ayblangan.
BBC muxbiriga ko‘ra, politsiya bir necha o‘nlab namoyishchilarni qo‘lga olgan.
Ma’lumot uchun, Falastin uchun namoyishni “Tinchlik uchun yahudiy ovozi” tashkiloti o‘tkazgan: uning a’zolari o‘zlarini antisionist-yahudiylar deb ataydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!