$
12581.97 UZS
84.22
157.75 UZS
0.96
14698.26 UZS
39.65
31° Kechasi 19°

Buxoroda shakllantirilgan 1 mlrd 700 mln dollarlik loyihalarda 32 ming ish o‘rni yaratiladi

21:40 / 12.08.2025

Ilgari Buxoroda iqtisodiyoti sanoqli tarmoqlar bilan cheklangan edi. So‘nggi sakkiz yilda viloyatga 8 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb etilib, iqtisodiyot tarkibi kengaydi. Birgina sanoat sohasida 6 mingta yangi korxona ochildi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6 barobardan ziyod oshdi.

Turizm infratuzilmasi yaxshilanib, yangi maskanlar tashkil etildi. Nufuzli mehmonxona brendlari kirib keldi. Yillik sayyohlar soni 1 million 700 ming nafarga yetdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 5-dekabrdagi qarori bilan Buxoro viloyatida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan edi. Natijada joriy yil 6 oyda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 7,3 foizga oshdi. 198 ta yangi sanoat korxonasi tashkil topdi. Yalpi hududiy mahsulot hajmi 6,4 foizga o‘sdi.

O‘zbekiston rahbari tashabbusiga muvofiq tuzilgan “Islohotlar shtabi” Buxoroda ham qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarmoqda. Taqdimotda mutasaddilar ana shunday yangi loyihalar to‘g‘risida axborot berdi.

Masalan, turkiyalik tadbirkorlar Peshku tumanida grafit qazib olish va qayta ishlashga qiziqish bildirgan. Vetnam kompaniyasi zamonaviy turar joy, Hindiston korxonasi jarrohlik markazi qurishni rejalashtirgan. 217 gektar maydonda 260 ta loyihani amalga oshirib, 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

Umuman, viloyatda 1 milliard 700 million dollarlik 21 ta yangi loyiha shakllantirilgan. Ularning natijasida 32 ming ish o‘rni, 180 million dollarlik eksport imkoniyati ochilishi ko‘zda tutilgan.

Prezident hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.

Xususan, Peshku tumanida aholiga ijaraga berilgan yerlarda arzon issiqxonalar qurib, eksportbop ekinlar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bu tajribani ommalashtirib, viloyat bo‘yicha qo‘shimcha 5 ming xonadonda shunday issiqxonalar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Shofirkon, G‘ijduvon, Peshku va Buxoro tumanlaridagi 10 ming gektarda uzum, Vobkent, G‘ijduvon, Jondor, Romitan va Kogonda 5 ming gektarda o‘rik, gilos, anjir kabi eksportbop meva bog‘larini barpo qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Buxoroning qadim ziyoratgohlari mashhur. Lekin sayyohlarni ko‘p vaqt olib qoladigan yirik majmualar yo‘q. Xorijlik investorlarni jalb etib, savdo va ko‘ngilochar park ochish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yana bir katta yo‘nalish – sanoat. Viloyatda 2 ta yirik neft-gaz korxonasi bor, yana biri barpo etilyapti, 10 ta yirik quyosh va shamol stansiyalari qurilishi jadallashgan. Bu majmualar atrofida kichik-kichik korxonalarni joylashtirib, investitsiya, sanoat va eksport hajmini oshirish mumkinligi aytildi.

Buxoro viloyati va tuman hokimlari aholi uchun daromad manbalarini ko‘paytirib, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha rejalarini bayon qildi.

 


O‘zbekiston


														
														15-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:40 / 14.08.2025

														
														Sherzod Kudbiyev: “Tadbirkorlardan uzr so‘raymiz. Barcha muammolar bartaraf etildi”

Sherzod Kudbiyev: “Tadbirkorlardan uzr so‘raymiz. Barcha muammolar bartaraf etildi”

Soliq qo‘mitasi raisi bo‘lib o‘tgan ishlar borasida rasmiy xabar bilan chiqdi
22:31 / 14.08.2025

														
														Ohangaron shahrida psixatrop dori vositalari bilan bog‘liq holat aniqlandi

Ohangaron shahrida psixatrop dori vositalari bilan bog‘liq holat aniqlandi

Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan
21:18 / 14.08.2025

														
														Prezident: “Maishiy chiqindilarni qayta ishlab, 1 trillion so‘mlik mahsulot olish mumkin”

Prezident: “Maishiy chiqindilarni qayta ishlab, 1 trillion so‘mlik mahsulot olish mumkin”

Chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyihalar taqdimot qilindi
20:27 / 14.08.2025

														
														Chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4 foizga oshgan

Chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4 foizga oshgan

Davlatlar kesimida eng ko‘p Xitoy korxonalari yurtimizda faol hisoblanadi
19:47 / 14.08.2025

														
														O‘zbekistonliklar huquq va buxgalteriya sohasidagi xizmatlar uchun salkam 1,5 trillion so‘m pul to‘lagan

O‘zbekistonliklar huquq va buxgalteriya sohasidagi xizmatlar uchun salkam 1,5 trillion so‘m pul to‘lagan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qarib 12 foizga oshdi
18:56 / 14.08.2025

														
														O‘zbekistonda aholining ishsizlik darajasi pasaydi

O‘zbekistonda aholining ishsizlik darajasi pasaydi

O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi yarmida ishsizlik darajasi 0,4 foizga kamayib, umumiy 5,1 foizni tashkil etgan.
17:05 / 14.08.2025

														
														Toshkentda 15 ta yo‘nalishda tungi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Toshkentda 15 ta yo‘nalishda tungi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Ular tungi soat 22:00 dan 06:00 gacha harakatlanadi.
16:50 / 14.08.2025

														
														Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘zbekistonliklarni xorijda diniy ta’lim olish bo‘yicha ogohlantirdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘zbekistonliklarni xorijda diniy ta’lim olish bo‘yicha ogohlantirdi

Xabarga ko‘ra, hozirda Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Rossiya Federatsiyasi kabi mamlakatlardagi diniy ta’lim muassasa…
15:17 / 14.08.2025

														
														Qozog‘istonda qiyin ahvolda qolgan ona va ikki farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Qozog‘istonda qiyin ahvolda qolgan ona va ikki farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda 30-iyuldan 30-avgustgacha e’lon qilingan “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi do…
12:09 / 14.08.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirildi

O‘zbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirildi

Yurtimiz tarixida ilk bor yangi turdagi operatsiya o‘tkazildi
21:21 / 13.08.2025
O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurmoqda?

O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yicha 95…
17:47 / 13.08.2025
Andijonlik kelinning 44 turdagi buyumlari o‘ziga olib berildi

Andijonlik kelinning 44 turdagi buyumlari o‘ziga olib berildi

MIB yordami bilan undiruvchiga barcha mol-mulki olib berilgan
18:18 / 13.08.2025
O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qismi qancha?

O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qismi qancha?

Qariyb 38 million aholidan bor yo‘g‘i yarmidan sal ko‘prog‘i mehnatga yaroqli ekanligi ma’lum bo‘ldi
22:48 / 13.08.2025
Abbosbek Fayzullayev nega yangi klubida maydonga tushmayapti?

Abbosbek Fayzullayev nega yangi klubida maydonga tushmayapti?

Bu borada mutaxassis vaziyatga oydinlik kiritdi
19:06 / 14.08.2025
15-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:40 / 14.08.2025
PSJ UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

PSJ UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Jamoa penaltilar seriyasida “Tottenhem”dan ustun keldi.
10:03 / 14.08.2025
Prezident: “Maishiy chiqindilarni qayta ishlab, 1 trillion so‘mlik mahsulot olish mumkin”

Prezident: “Maishiy chiqindilarni qayta ishlab, 1 trillion so‘mlik mahsulot olish mumkin”

Chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyihalar taqdimot qilindi
20:27 / 14.08.2025
Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Tadqiqotlarga ko‘ra, Kavkaz davlatining iqtisodi bu tashkilotga salkam qaramlik holatiga kelib qolgan
20:33 / 13.08.2025
Yoaxim Lyov O‘zbekiston MTJ taklifini rad etdi

Yoaxim Lyov O‘zbekiston MTJ taklifini rad etdi

Germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarmaydi. Bild nashrining xabariga ko‘ra, tajribali muta…
16:59 / 13.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!