$
12412.98 UZS
58.33
154.28 UZS
0.35
14386.64 UZS
2.12
37° Kechasi 22°

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi

18:41 / 25.08.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni Samarqandga tashrif buyurdi. Ezgu an’anaga muvofiq, avvalo, Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Davlat rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Buyuk muhaddis bobomizga butun islom olamida ehtirom baland, uning maqbarasini ko‘rish istagidagi insonlar ko‘p. Shu bois ziyoratchilarga sharoitlarni kengaytirish maqsadida bu yerda ulkan majmua barpo etilmoqda.

Ziyoratgohning umumiy maydoni 44 gektar etib kengaytirilgan. Mo‘tabar maqbara, 10 ming kishilik masjid va ma’muriyat binosi qurib bitkazilgan. Majmuaning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bag‘ishlagan. 

Ayni paytda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Peshtoqlar va ayvon devorlariga “Sahihi Buxoriy”dan hadislar bitilmoqda.

Prezident bu majmua faqat ziyorat emas, ilm-ma’rifat, tarbiya va ibratga to‘la joy bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Imom Buxoriyning buyuk izlanishlari, bilimi va kamoloti bu yerga keluvchilar, ayniqsa, yoshlar uchun ezgu namuna bo‘lishi qayd etildi.

Shu maqsadda yangi majmuada innovatsion muzey ham tashkil etilmoqda. U islom olamida muhaddislar sultoni deya e’tirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qo‘shgan hissasini namoyon etadi. Shuningdek, muzeyda Qur’oni karimda ismlari zikr qilingan 25 ta payg‘ambar tarixi, Muhammad alayhissalomning shajarasi, Makka va Madinadagi hayoti, hadislarning jamlanishi va yozilishi haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.

Ziyoratgoh atrofida mehmonxona va boshqa xizmat ko‘rsatish binolari ham qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan.

Shavkat Mirziyoyev qurilishni sifatli bajarish, odamlarga qulayliklarni kengaytirish, majmua atrofida yashil maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


O‘zbekiston


														
														28-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

28-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 27.08.2025

														
														Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalarining faoliyati tugatildi

Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalarining faoliyati tugatildi

Bu haqda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilingan
21:43 / 27.08.2025

														
														Toshkentda qalbaki tabobat giyohining muomalasiga chek qo‘yildi

Toshkentda qalbaki tabobat giyohining muomalasiga chek qo‘yildi

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda
19:40 / 27.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyiga asos soldi
18:30 / 27.08.2025

														
														Xorijning og‘ir yukli transportlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar oshirildi

Xorijning og‘ir yukli transportlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar oshirildi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
17:46 / 27.08.2025

														
														Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

“Qurilish obyektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasport o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davl…
17:12 / 27.08.2025

														
														Turkiyada erkakni pichoqlagan 13 yoshli bola O‘zbekiston fuqarosi emas – Bosh konsulxona

Turkiyada erkakni pichoqlagan 13 yoshli bola O‘zbekiston fuqarosi emas – Bosh konsulxona

2025-yil 26-avgust kuni internet tarmog‘ida va ayrim messenjerlarda tarqalgan “13 yoshar o‘zbekistonlik bola Turkiyada odam …
15:04 / 27.08.2025

														
														Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH natijasida Zeekr avtomashinasi haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
12:25 / 27.08.2025

Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyiga asos soldi
18:30 / 27.08.2025
Frank Riberi “Oltin to‘p” haqida: “Murakkab savol. Lekin bu yil sovrinni qo‘lga kiritishga Dembele haqli”

Frank Riberi “Oltin to‘p” haqida: “Murakkab savol. Lekin bu yil sovrinni qo‘lga kiritishga Dembele haqli”

“Hilton” mehmonxonasida Jahon futboli afsonalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
22:08 / 27.08.2025
Mo‘ynoqdagi kondan otilib chiqqan gaz jilovlandi

Mo‘ynoqdagi kondan otilib chiqqan gaz jilovlandi

“Murakkab sharoitdagi quduqni yopish ishlarida ko‘rsatgan g‘ayrat va shijoati, olovli maydondagi o‘ta og‘ir va mashaqqatli m…
19:54 / 26.08.2025
Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Bu borada mutaxassis fikri bilan tanishamiz
21:03 / 27.08.2025
Futzal. BMB — O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi

Futzal. BMB — O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi bahsida BMB klubi yana bir bor g‘alaba qozondi.
20:55 / 26.08.2025
Migratsiya agentligi fuqarolarni Janubiy Koreyaga pul evaziga ishga jo‘natilayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi

Migratsiya agentligi fuqarolarni Janubiy Koreyaga pul evaziga ishga jo‘natilayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining ayrim xodimlari pul evaziga Koreya Respublikasig…
21:48 / 26.08.2025
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar Turkiyada o‘tkazilishi mumkinligini aytdi

Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar Turkiyada o‘tkazilishi mumkinligini aytdi

Ukraina prezidenti bu haqda o‘z videomurojaatida ma’lum qildi.
14:36 / 27.08.2025
28-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

28-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 27.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!