$
12219.08 UZS
48.05
145.97 UZS
0.05
14379.41 UZS
15.16
31° Kechasi 18°

Hududlar yer huquqbuzarliklari bo‘yicha “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

11:31 / 22.09.2025

Prezident O‘zbekistonda yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, yer uchastkalaridan samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish, yerlar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar talon-toroj qilinishining hamda yer sohasidagi korrupsion omillarning oldini olish choralari natijadorligini oshirish, sohada nazoratni amalga oshirishda inson omilini kamaytirish maqsad qilingan. Shu sababli sohada raqamlashtirish jarayonlari jadallashtiriladi. Yerlardan samarali foydalanish, ularning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishining oldini olish mexanizmlari takomillashtiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, davlat yer nazorati “O‘zagroinspeksiya”, Kadastr agentligi, Ekologiya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (maxsus vakolatli davlat organlari) tomonidan amalga oshiriladi.

Kadastr agentligining “E-yer nazorat” tizimi davlat yer nazoratini yuritishning yagona elektron platformasi hisoblanadi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, o‘zboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish holatlarini barvaqt aniqlash, ularga tegishli choralar ko‘rishga oid vazifa va funksiyalari faqatgina “E-yer nazorat” tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ushbu avtomatlashtirilgan nazorat tizimiga yer munosabatlariga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish va uning natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish uchun Kadastr agentligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, “O‘zagroinspeksiya”, Ekologiya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, MIB va ularning hududiy bo‘linmalari hamda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul hisoblanadi.

Kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali aniqlangan yerga oid qonunbuzarlik ehtimoli yuqori bo‘lgan holatlar bo‘yicha ma’lumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “E-yer nazorat” tizimiga yuboriladi.

Bunda “O‘zbekkomos” agentligi yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, bunday yerlarda noqonuniy qurilmalarni qurish holatlarini bir yilda ikki marotaba davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan aerokosmik monitoring orqali aniqlaydi.

“Qizil”, “sariq”, “yashil” toifalar

Yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, o‘zboshimchalik bilan bino va inshootlar qurish bilan bog‘liq huquqbuzarlik darajasiga qarab quyidagi hududlarga bo‘linadi:

– “qizil” toifadagi hududlar — yuqoridagi huquqbuzarliklar ehtimoli yuqori hududlar;

– “sariq” toifadagi hududlar — yuqoridagi huquqbuzarliklar ehtimoli o‘rta hududlar;

– “yashil” toifadagi hududlar — yuqoridagi huquqbuzarliklar ehtimoli past hududlar.

Kadastr agentligi maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda uch oy muddatda hududlarni qizil, sariq, yashil toifalarga bo‘lish mezonlari va ularda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha hukumatga qaror loyihasini kiritishi lozim.

Bunda “qizil” toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida bir marotaba, “sariq” toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har 6 oyda kamida bir marotaba monitoring kuzatuvlari olib borilishi, aniqlangan qonun buzilishi holatlari bartaraf etilguncha qadar maxsus vakolatli davlat organlarining asosiy kuch va vositalari safarbar etilishi nazarda tutiladi.

O‘zbekistonda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksining 229-1-moddasiga ko‘ra, aybdor shaxs BHMning 300 baravaridan 400 yuz baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Shuningdek, yerning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi haqida xabar berganlarni rag‘batlantirish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.


O‘zbekiston


														
														Toshkent aeroportida “uddaburon” erkak to‘xtatib qolindi

Toshkent aeroportida “uddaburon” erkak to‘xtatib qolindi

U 27,0 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlari, 6 dona iPhone 16 Pro Max, 4 dona changyutgich tovarlari hamda 347 dona flesh …
16:44 / 24.09.2025

														
														25-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharq…
15:35 / 24.09.2025

														
														Toshkentda BYD, Lacetti va Mercedes-Benz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda BYD, Lacetti va Mercedes-Benz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH natijasida Lacetti transport vositasi yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
14:46 / 24.09.2025

														
														Mirziyoyev Nyu Yorkda Janubiy Koreya, Iordaniya va Albaniya yetakchilari bilan uchrashdi

Mirziyoyev Nyu Yorkda Janubiy Koreya, Iordaniya va Albaniya yetakchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentyabr kuni Nyu York shahrida BMT Bosh Assambleyasining sessiyas…
09:34 / 24.09.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashdi

23-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp…
08:56 / 24.09.2025

														
														Mirziyoyev global xavfsizlik borasida Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidladi

Mirziyoyev global xavfsizlik borasida Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 23-sentyabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umum…
08:41 / 24.09.2025

														
														Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni noqonuniy saqlagan shaxs aniqlandi

Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni noqonuniy saqlagan shaxs aniqlandi

Natijada hayvonot dunyosiga 620 million 884 ming so‘m zarar yetkazilgan.
17:43 / 23.09.2025

														
														Surxondaryoda hokim yordamchisi va uning sheriklariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda hokim yordamchisi va uning sheriklariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatl…
17:07 / 23.09.2025

														
														24-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz b…
16:56 / 23.09.2025

														
														O‘zbekistonga Xitoydan 100 ta elektrobus jo‘natildi

O‘zbekistonga Xitoydan 100 ta elektrobus jo‘natildi

100 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya Xorgosdan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yo‘lga chiqarildi. Barcha elektrobus…
16:37 / 23.09.2025

Bu ham qiziq

Toshkentda BYD, Lacetti va Mercedes-Benz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda BYD, Lacetti va Mercedes-Benz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH natijasida Lacetti transport vositasi yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
14:46 / 24.09.2025
24-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz b…
16:56 / 23.09.2025
AQShda To‘qayev va Zelenskiy uchrashdi

AQShda To‘qayev va Zelenskiy uchrashdi

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
11:59 / 23.09.2025
Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025
AQSh maxfiy xizmati BMT sammitidagi Trampning nutqi arafasida yashirin kuzatuv tarmog‘ini aniqladi

AQSh maxfiy xizmati BMT sammitidagi Trampning nutqi arafasida yashirin kuzatuv tarmog‘ini aniqladi

Hozirda maxfiy xizmat ushbu tarmoqning BMT sessiyasi ishiga xalaqit yetkazish va hukumat aloqasini izdan chiqarishga urinish…
10:21 / 24.09.2025
AQShda TikTok Oracle tomonidan nazorat qilinadi

AQShda TikTok Oracle tomonidan nazorat qilinadi

Algoritmni Oracle kompaniyasi nazorat qiladi.
11:03 / 23.09.2025
Rossiyaga qarshi urushda Ukraina ittifoqchilariga emas, o‘z kuchiga tayanishiga to‘g‘ri keladi

Rossiyaga qarshi urushda Ukraina ittifoqchilariga emas, o‘z kuchiga tayanishiga to‘g‘ri keladi

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevning AQSh tomonidan Moskvaga qarshi joriy qilinishi mumkin bo‘lgan yangi sanksiyalarga bo…
15:34 / 23.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashdi

23-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp…
08:56 / 24.09.2025
Toshkent aeroportida “uddaburon” erkak to‘xtatib qolindi

Toshkent aeroportida “uddaburon” erkak to‘xtatib qolindi

U 27,0 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlari, 6 dona iPhone 16 Pro Max, 4 dona changyutgich tovarlari hamda 347 dona flesh …
16:44 / 24.09.2025
O‘zbekistonga Xitoydan 100 ta elektrobus jo‘natildi

O‘zbekistonga Xitoydan 100 ta elektrobus jo‘natildi

100 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya Xorgosdan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yo‘lga chiqarildi. Barcha elektrobus…
16:37 / 23.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!