$
12084.10 UZS
16.34
146.72 UZS
1.08
14197.61 UZS
56.61
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonga Qozog‘istondan salqin va nam havo kirib keladi

12:52 / 29.09.2025

Sentyabr oyining oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat 26-29 daraja, ba’zi joylarda 31 darajagacha bo‘ladi.

1-2-oktyabrda respublikaning barcha hududlariga Qozog‘istondan salqin va nam havo kirib keladi.

1-oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Navoiy, Toshkent viloyati shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 2-oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 3-oktyabrda faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

Harorat foni 1–2-oktyabrda 8-10 darajaga pasayadi. Kechasi va ertalab termometr ustuni 8-13 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari esa havo harorati 18-23 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Respublika shimolida harorat kechalari 4-9 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 15-18 darajagacha pasayadi.

3-oktyabrda respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat 2-3 darajaga ko‘tariladi.

Respublika janubida bunday iliq ob-havo 1-oktyabrgacha saqlanib turadi, 2-3-oktyabrdan esa harorat 20-25 darajagacha pasayadi.

O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda 28–30-sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-oktyabrda, kechasi va ertalab 2-oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 3-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29–30-sentyabrda kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-29 daraja bo‘ladi. 1–2-oktyabrda harorat kechalari 8-11 darajagacha, kunduz kunlari 18-21 darajagacha pasayadi. 3-oktyabrda kechasi 8-11 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.


O‘zbekiston


														
														IIB xodimlari fermerga to‘pponcha bilan tahdid qildi

IIB xodimlari fermerga to‘pponcha bilan tahdid qildi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “Buloqboshi gulshani” fermer xo‘jaligi rahbari G‘ayratjon Xayrullayevning uyida ichki ish…
20:24 / 01.10.2025

														
														Toshkent viloyatidagi bolalar zaharlangan bog‘chalar 2-oktyabrdan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

Toshkent viloyatidagi bolalar zaharlangan bog‘chalar 2-oktyabrdan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi bir necha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar salomatligi bilan bog‘liq noxush holat y…
20:07 / 01.10.2025

														
														2-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 2-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
19:43 / 01.10.2025

														
														O‘zbekistonda o‘qituvchilar soni so‘nggi o‘n yilda qanchaga oshgan?

O‘zbekistonda o‘qituvchilar soni so‘nggi o‘n yilda qanchaga oshgan?

O‘zbekistonda o‘qituvchilar soni o‘n yilda 43,4 foizga oshgani ma’lum qilindi.
11:22 / 01.10.2025

														
														O‘zbekistonda bir oyda tabiatga 46,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

O‘zbekistonda bir oyda tabiatga 46,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
09:29 / 01.10.2025

														
														1-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

1-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

1-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishin…
16:32 / 30.09.2025

														
														Toshkentda BYD va Lixiang L9 to‘qnashib ketdi

Toshkentda BYD va Lixiang L9 to‘qnashib ketdi

YTH natijasida Lixiang L9 haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
12:56 / 30.09.2025

														
														O‘zbekiston aholisining necha foizi internetdan foydalanadi?

O‘zbekiston aholisining necha foizi internetdan foydalanadi?

Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga asosan, 2025-yil yanvar-avgust oylarida O‘z…
12:14 / 30.09.2025

														
														O‘zbekistonda 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Moped va skuter boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilina boshlaydi.
11:33 / 30.09.2025

														
														Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun 1 320 ta davlat granti tasdiqlandi

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun 1 320 ta davlat granti tasdiqlandi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq 2025/2026-o‘quv yili uchun respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy…
10:21 / 30.09.2025

Bu ham qiziq

30-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharq…
15:13 / 29.09.2025
Toshkent viloyatidagi bolalar zaharlangan bog‘chalar 2-oktyabrdan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

Toshkent viloyatidagi bolalar zaharlangan bog‘chalar 2-oktyabrdan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi bir necha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar salomatligi bilan bog‘liq noxush holat y…
20:07 / 01.10.2025
Trampning Kim Chen In bilan uchrashuvga tayyorligi ma’lum qilindi

Trampning Kim Chen In bilan uchrashuvga tayyorligi ma’lum qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan hech qanday shartlarsiz muzokara olib borishga tayyor.
10:39 / 01.10.2025
2-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 2-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
19:43 / 01.10.2025
Netanyaxu Qatardan uzr so‘radi

Netanyaxu Qatardan uzr so‘radi

Bu haqda Axios xabar berdi.
09:24 / 30.09.2025
YouTube Trampning akkauntini bloklagan sabab 24,5 mln dollar to‘laydi

YouTube Trampning akkauntini bloklagan sabab 24,5 mln dollar to‘laydi

“Videohosting AQSh prezidenti Donald Trampning 2021-yilda vaqtincha bloklangan akkaunti bilan bog‘liq sud da’vosini hal qili…
15:19 / 30.09.2025
Xitoyda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri poraxo‘rlikda ayblanib, o‘limga hukm qilindi

Xitoyda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri poraxo‘rlikda ayblanib, o‘limga hukm qilindi

Agar u ushbu muddat tugagunicha yangi jinoyatlar sodir etmasa, jazo umrbod qamoqqa almashtirilishi mumkin.
14:32 / 29.09.2025
O‘zbekiston aholisining necha foizi internetdan foydalanadi?

O‘zbekiston aholisining necha foizi internetdan foydalanadi?

Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga asosan, 2025-yil yanvar-avgust oylarida O‘z…
12:14 / 30.09.2025
Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev JChda bitta vaznda ishtirok etadi

Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev JChda bitta vaznda ishtirok etadi

Mazkur vazn toifasidagi bahslar 10-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
09:14 / 30.09.2025
Xiaomi tarmoqsiz ham qo‘ng‘iroq imkoniyati mavjud flagman smartfonlarini taqdim qildi

Xiaomi tarmoqsiz ham qo‘ng‘iroq imkoniyati mavjud flagman smartfonlarini taqdim qildi

Zaryadlash tezligi 67 Vt (15T) va 90 Vt simli, 50 Vt simsiz (15T Pro) hisoblanadi. Smartfonlar IP68 sertifikatiga ega.
15:02 / 29.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!