$
12185.11 UZS
35.56
152.58 UZS
2.14
14081.11 UZS
-6.29
31° Kechasi 18°

“UzPost” pochta operatori xususiylashtirildimi?

16:34 / 12.10.2025

O‘zbekistondagi milliy pochta aloqasi operatori — “O‘zbekiston pochtasi” (UzPost) xususiylashtirilgani haqida iqtisodchi Otabek Bakirov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat ulushi “shimoliy marketpleyslardan biri”ga sotilgan bo‘lishi mumkin. Bu orqali u ehtimol Rossiyaning yirik onlayn savdo maydonchalaridan birini nazarda tutgan. Boshqa bir tasdiqlanmagan manbalarga ko‘ra, bu Rossiyada so‘nggi yillarda katta shov-shuvlar va qurolli to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan “Wildberries” marketpleysi.

Bakirovning ma’lumotini Spot nashriga yaqin manba ham tasdiqlagan, ammo sotilgan ulush miqdori haqida aniq ma’lumot berilmagan. Ayni damda davlat aktivlarini boshqarish agentligi ham “UzPost” rahbariyati xususiylashtirish jarayoniga oid ma’lumotni rasman izohlamagan.

Ma’lumki, joriy yil iyun oyida “UzPost”ning affillangan shaxslar ro‘yxatida katta o‘zgarishlar bo‘lgan. Ro‘yxatdan “Aloqabank”, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda unga tegishli 20 foizdan ortiq ulushga ega kompaniyalar chiqarib tashlangan.

Shuning o‘rniga affillanganlar qatoriga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu agentlikka tegishli yuridik shaxslar va O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi qo‘shilgan. Ushbu uch subyekt “UzPost” aksiyalarining 20 foizdan ziyod ulushiga ega bo‘lgan.

Sentyabr oyida avval O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasiga berilishi rejalashtirilgan 25 foizlik ulush Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ixtiyoriga o‘tkazilgan edi. Bu o‘zgarishlar “UzPost” aksiyalarining keyinchalik to‘liq xususiylashtirishga tayyorlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Hozircha yangi egasining nomi oshkor etilmagan bo‘lsa-da, tahlilchilar fikricha, Rossiya marketpleyslaridan biri bilan strategik hamkorlik yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish bitimi bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston pochta logistika tizimida raqamli xizmatlar ulushini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Chernogoriya o‘zbekistonliklarga vizasiz rejimni bekor qildi

Chernogoriya o‘zbekistonliklarga vizasiz rejimni bekor qildi

Chernogoriya hukumati O‘zbekiston va yana bir qator davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi.
18:01 / 14.10.2025

														
														15-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 15-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
17:28 / 14.10.2025

														
														Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan…
16:56 / 14.10.2025

														
														“Har bir mahallada gavjum ko‘cha bormi – bor! Bo‘sh yer va binolar bormi – bor!”

“Har bir mahallada gavjum ko‘cha bormi – bor! Bo‘sh yer va binolar bormi – bor!”

Prezident mahallalarda tadbirkorlar uchun infratuzilma yaratish haqida gapirdi.
15:24 / 14.10.2025

														
														Surxondaryoda ayollarni paxta terimiga majburan chiqarish holati tasdiqlandi

Surxondaryoda ayollarni paxta terimiga majburan chiqarish holati tasdiqlandi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Surxondaryo paxta rejasini birinchi bo‘lib bajargan viloyat bo‘lgani edi.
15:08 / 14.10.2025

														
														Farg‘onadagi “zapravka”da Damas yonib ketdi

Farg‘onadagi “zapravka”da Damas yonib ketdi

Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
11:30 / 14.10.2025

														
														Toshkent viloyatida “zakladchik”lar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida “zakladchik”lar qo‘lga olindi

Jinoiy sheriklar 10-yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
10:20 / 14.10.2025

														
														O‘z xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilgan ichki ishlar xodimi ushlandi

O‘z xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilgan ichki ishlar xodimi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining no…
08:26 / 14.10.2025

														
														14-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib…
18:08 / 13.10.2025

														
														ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi

ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi

2025-yil 11-oktyabrda Toshkentda yangi Chery Arrizo 8 Hybrid biznes-sedani — O‘zbekistonda brendni rivojlantirishda yangi sa…
16:53 / 13.10.2025

Bu ham qiziq

Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqariladi

Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqariladi

UzAuto Motors 13-oktyabr kuni Damas va Cobalt avtomobillari yangilangan versiyasi ishlab chiqarilishini e’lon qildi.
14:21 / 13.10.2025
Tadbirkorlarga zamonaviy mahalla binolari uchun soliq imtiyozlari beriladi

Tadbirkorlarga zamonaviy mahalla binolari uchun soliq imtiyozlari beriladi

Sharoitlar yaratilgani sababli joylarda xususiy sheriklik asosida mingga yaqin zamonaviy mahalla binolari barpo etildi.
15:53 / 14.10.2025
Metan “zapravka”larga limit qo‘yilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Metan “zapravka”larga limit qo‘yilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Shu vaqt ichida ba’zi “zapravka”larda qisqa muddatli uzilishlar bo‘lgan.
15:50 / 13.10.2025
Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

“Afsuski, bugungi o‘yinda 9 nafar futbolchimiz jarohat sabab maydonga chiqa olmadi.
09:25 / 14.10.2025
Madagaskar prezidenti mamlakatni Fransiya harbiy samolyotida tark etdi

Madagaskar prezidenti mamlakatni Fransiya harbiy samolyotida tark etdi

Andri Radzuelinaning evakuatsiyasi Makron bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.
08:37 / 14.10.2025
Prezident Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va bir qator amaldorlar O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, iste’fodagi general-polkovnik …
16:17 / 13.10.2025
AQShda kichik samolyot qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

AQShda kichik samolyot qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.
08:47 / 13.10.2025
Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi

Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi

Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
09:52 / 13.10.2025
Chernogoriya o‘zbekistonliklarga vizasiz rejimni bekor qildi

Chernogoriya o‘zbekistonliklarga vizasiz rejimni bekor qildi

Chernogoriya hukumati O‘zbekiston va yana bir qator davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi.
18:01 / 14.10.2025
“G‘azodagi urush tugaganidan hamma xursand” – Tramp

“G‘azodagi urush tugaganidan hamma xursand” – Tramp

AQSh prezidentining ta’kidlashicha, tinchlikka erishilganidan yahudiylar ham, musulmonlar ham, arab davlatlari ham xursand b…
14:55 / 13.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!