$
12160.99 UZS
-72.68
153.92 UZS
-0.92
14178.50 UZS
-55.38
31° Kechasi 18°

Matematika fanidan olimpiada testlari tarqalib ketdi

12:58 / 15.10.2025

Matematika fanidan asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari respublika bo‘ylab noqonuniy tarzda tarqatildi. Bu ma’lumotni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasdiqladi.

14-oktyabrdan maktab o‘quvchilari uchun asosiy fan olimpiadasining ikkinchi - tuman (shahar) bosqichiga start berilgandi. Olimpiadaning mazkur bosqichi 14-oktyabrdan 23-oktyabrgacha o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, kecha, 14-oktyabr kuni matematika fanidan 3 smenada olimpiada o‘tkazilgan. Ammo Xalqtaliminfo’ning yozishicha, olimpiada ishtirokchilari uchun tuzilgan test savollari ertalab soat 7:00 da ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Ayrim pedagoglarning aytishicha, mazkur test savollari 14-oktyabr kuni ertalab 800 ming so‘mdan sotilgan. Kunning ikkinchi yarmida esa test savollari narxi 200 ming so‘mgacha pastlagan.

Matematika fanidan 10-sinflar uchun tuzilgan test savollari an’anaviy ravishda olimpiada jarayoni yakunlangach, soat 15:58 da Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazining rasmiy Telegram sahifasida e’lon qilingan. Shundan so‘ng pedagoglar mazkur testlarni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan testlar bilan solishtirib ko‘rib, ular aynan bir xil test savollari ekanligining guvoh bo‘lishgan.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.

“Hozirda bu holatga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi”, – deyiladi agentlik xabarida.

Matematika fanidan asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta o‘tkaziladi.

Shuningdek, agentlik olimpiada savollari yoki javoblari pul evaziga taklif qilinsa, jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘lsa, bu haqda darhol Fan olimpiadalari markazining maxsus boti yoki +998 71 207 05 24 telefon raqami orqali xabar berishni so‘ragan.


O‘zbekiston


														
														Afg‘onistondan kontrabanda qilingan qariyb 50 kg gashish aniqlandi

Afg‘onistondan kontrabanda qilingan qariyb 50 kg gashish aniqlandi

Natijada, mashinada u bilan ketayotgan sherigi – Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahrida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan Qirg…
08:42 / 18.10.2025

														
														18-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 18-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib…
17:46 / 17.10.2025

														
														Namangan 38 yoshli erkak 7 yoshli qarindoshini zo‘rladi

Namangan 38 yoshli erkak 7 yoshli qarindoshini zo‘rladi

Hozirda qizcha shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekani aytilmoqda.
15:26 / 17.10.2025

														
														Mirziyoyev 24-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryusselga borishi kutilmoqda

Mirziyoyev 24-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryusselga borishi kutilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Bryusselga Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik bo‘yicha tarixiy bitim uchun tashrif buyurishi aytilmoqda.
15:08 / 17.10.2025

														
														Azon Global o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Azon Global o‘z faoliyatini to‘xtatdi

2025-yil 15-oktyabr kuni Azon Global tahririyati media platformaning faoliyati to‘xtatilishini ma’lum qildi.
15:21 / 16.10.2025

														
														Oksfordda o‘zbek tili o‘qitiladi

Oksfordda o‘zbek tili o‘qitiladi

“Oksford universitetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi” – deya xabar berdi Saida Mirziyoyeva.
12:32 / 16.10.2025

														
														Samarqandda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Bu yilgi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etildi.
12:07 / 16.10.2025

														
														16-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
08:12 / 16.10.2025

														
														O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

15-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkaz…
15:53 / 15.10.2025

														
														Dunyo pasportlari reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Dunyo pasportlari reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti vizasiz kirish mumkin bo‘lgan mamlakatlar soniga asoslangan reytingda 82-o‘rinni egalladi. Bu haqda “He…
14:42 / 15.10.2025

Bu ham qiziq

Namangan 38 yoshli erkak 7 yoshli qarindoshini zo‘rladi

Namangan 38 yoshli erkak 7 yoshli qarindoshini zo‘rladi

Hozirda qizcha shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekani aytilmoqda.
15:26 / 17.10.2025
17-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
16:18 / 16.10.2025
Toshkentga kirish-chiqish postlari joyi o‘zgartiriladi

Toshkentga kirish-chiqish postlari joyi o‘zgartiriladi

Postlarning yangi joylashuvi hozircha oshkor etilmadi.
14:41 / 17.10.2025
Ukraina Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkin

Ukraina Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkin

Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyakning aytishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi urushni faqat Xitoyning siyo…
15:48 / 17.10.2025
Xitoyda dunyodagi eng yirik oltin koni aniqlandi

Xitoyda dunyodagi eng yirik oltin koni aniqlandi

Xitoyning Hunan provinsiyasidagi Wangu konida dunyodagi eng yirik oltin qatlam topildi.
10:13 / 16.10.2025
Chimkentlik erkak 26 ta ruchka yutib yubordi

Chimkentlik erkak 26 ta ruchka yutib yubordi

Jarayon qariyb ikki soat davom etgan, bemor esa hozirda shifokorlar nazoratida.
19:57 / 15.10.2025
Mehnatga haq to‘lashda yangi yondashuv joriy etiladi

Mehnatga haq to‘lashda yangi yondashuv joriy etiladi

Bu chora xodimlar manfaatlarini samaraliroq himoya qilishga xizmat qiladi.
14:50 / 17.10.2025
AQShda ayol ChatGPT yordamida sudda g‘alaba qozondi

AQShda ayol ChatGPT yordamida sudda g‘alaba qozondi

Nyu-Yorklik tadbirkor Steysi Dennett ChatGPT yordamida 2 ming dollarlik qarzdan qutuldi.
20:17 / 15.10.2025
Tramp va Putin Budapeshtda uchrashadi

Tramp va Putin Budapeshtda uchrashadi

Tramp suhbatni “juda samarali” deb atagan.
09:49 / 17.10.2025
Pokiston va Afg‘oniston sulhni uzaytirishga kelishib oldi

Pokiston va Afg‘oniston sulhni uzaytirishga kelishib oldi

Bu haqda Pokistonning Dawn gazetasi xabar berdi.
08:59 / 18.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!