$
12005.09 UZS
-20.13
148.56 UZS
-0.8
13898.29 UZS
-71.41
31° Kechasi 18°

Ukrainadagi urushda 481 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

14:07 / 31.10.2025

Ukraina davlatiga qarashli “Xochu jit” loyihasi xabariga ko‘ra, Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi jang qilgan 481 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

“O‘zbekiston fuqarolari bugungi kunda biz aniqlashga muvaffaq bo‘lgan Rossiya Qurolli Kuchlarining xorijiy yollanma askarlari soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar va bedarak yo‘qolganlar soni bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin. “Xochu jit” loyihasi Rossiya armiyasiga yollanib, halok bo‘lgan 481 nafar O‘zbekiston fuqarosining shaxsiga aniqlik kiritgan. 

Shuningdek, Ukrainaga qarshi jang qilgan yoki qilayotgan kamida 2715 nafar O‘zbekiston fuqarosining ism-shariflari e’lon qilingan. Ularning soni yildan yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2023-yilda 498 nafar, 2024-yilda yana 941 nafar o‘zbekistonlik Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan. 2025-yilning birinchi yarmida esa 1 300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiya armiyasi tarkibida urushga yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolariga chet davlatlarining harbiy xizmatiga yollanish taqiqlangan. Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanish 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etishga sabab bo‘ladi. Urushga odamlarni yollash, ularni o‘qitish va ulardan harbiy harakatlarda foydalanish 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga olib keladi. Jinoyat kodeksining 154-1-moddasiga asosan, chet davlatlar harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollangan O‘zbekiston fuqarolari 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda 9 oy davomida YTH sabab 1303 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 9 oy davomida YTH sabab 1303 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov ma’lum qildi.
12:23 / 03.11.2025

														
														“O‘zgidromet” surxondaryoliklarni kuchli chang-to‘zonlardan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” surxondaryoliklarni kuchli chang-to‘zonlardan ogohlantirdi

3-noyabr kuni kunduzi Surxondaryo viloyati hamda respublikaning tog‘li hududlarida shamolning kuchayishi kutilmoqda. Bu haqd…
10:22 / 03.11.2025

														
														Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

“Rossiya hududida ona-ona qarovisiz, nazoratsiz yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan bir guruh voyaga yetmagan bolalar vatani…
09:34 / 03.11.2025

														
														O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

Bugun, 2-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ish…
17:43 / 02.11.2025

														
														O‘zbekistonda yil boshidan buyon 2,1 million tonna poliz mahsuloti yetishtirildi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 2,1 million tonna poliz mahsuloti yetishtirildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘j…
17:27 / 02.11.2025

														
														3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgart…
16:53 / 02.11.2025

														
														Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” ertaga, 3-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:59 / 02.11.2025

														
														Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi chog‘ida Tur…
12:43 / 02.11.2025

														
														Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

2026-yil 1-martga qadar shoxobchalarda o‘tkazilgan xatlov natijalaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini belgilangan minim…
08:57 / 02.11.2025

														
														Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, tura…
18:04 / 01.11.2025

Bu ham qiziq

Ukrainada asirga olingan KXDR harbiylari o‘zlarini Janubiy Koreyaga topshirishni so‘ramoqda

Ukrainada asirga olingan KXDR harbiylari o‘zlarini Janubiy Koreyaga topshirishni so‘ramoqda

Xabar qilinishicha, harbiy asirlardan biri fevral oyida ham mamlakat rasmiylaridan biri tashrif buyurganida, Janubiy Koreyad…
14:29 / 02.11.2025
Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Unga Bosh konsulxona diplomatlari huquqiy maslahatlar bergan.
15:49 / 01.11.2025
O‘zbekistonda 9 oy davomida YTH sabab 1303 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 9 oy davomida YTH sabab 1303 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov ma’lum qildi.
12:23 / 03.11.2025
O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

Bugun, 2-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ish…
17:43 / 02.11.2025
Meksikada do‘kon portlashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Meksikada do‘kon portlashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Shuningdek, baxtsiz hodisada halok bo‘lgan orasida to‘rt nafar voyaga yetmaganlar ham borligi aytilmoqda.
11:47 / 02.11.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

“Rossiya hududida ona-ona qarovisiz, nazoratsiz yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan bir guruh voyaga yetmagan bolalar vatani…
09:34 / 03.11.2025
O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yich…
16:49 / 01.11.2025
Afg‘onistondagi zilzilada halok bo‘lganlar soni e’lon qilindi

Afg‘onistondagi zilzilada halok bo‘lganlar soni e’lon qilindi

Bu haqda AQSh geologiya xizmati xabar berdi.
08:58 / 03.11.2025
Eron deportatsiya qilingan afg‘onistonlik talabalarga onlayn ta’lim taklif qildi

Eron deportatsiya qilingan afg‘onistonlik talabalarga onlayn ta’lim taklif qildi

Eron Ichki ishlar vazirligi vataniga deportatsiya qilingan afg‘on o‘quvchilari uchun onlayn ta’lim dasturini ishga tushirdi.
17:13 / 02.11.2025
Mark Karni Trampdan uzr so‘radi

Mark Karni Trampdan uzr so‘radi

Kanada Bosh vaziri Mark Karni 1-noyabr kuni AQSh Prezidenti Donald Trampdan tariflarga qarshi siyosiy reklama uchun uzr so‘r…
16:38 / 02.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!