$
12142.10 UZS
-52.11
150.53 UZS
0.56
14079.98 UZS
95.66
31° Kechasi 18°

Rossiya va Belarus yoshlariga Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun ruxsat berildi

08:55 / 13.12.2025

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) Rossiya va Belarusdan kelgan o‘smir sportchilarga o‘z davlat bayroqlari va madhiyalari ostida musobaqalarda qatnashishga ruxsat berdi. Biroq ushbu davlatlar hukumatlariga qarshi qo‘llanilgan qoidalar o‘z kuchida qolmoqda. Bu haqda Lozannada bo‘lib o‘tgan Olimpiya sammitida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, XOQ sport federatsiyalariga Rossiya va Belarus sportchilariga yakka va jamoaviy sport turlari bo‘yicha yoshlar musobaqalarida ishtirok etishga ruxsat berishni tavsiya qilgan. 

XOQ bayroqlar, madhiyalar, formalar va boshqa elementlarga oid “standart protokollar” milliy federatsiya “yaxshi holatda” bo‘lsa, yosh sportchilar ishtirokidagi turnirlarda ham qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. Ushbu tavsiyalar 2026-yilda Senegalning Dakar shahrida bo‘lib o‘tadigan Yozgi O‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga qadar amalga oshirilishi kerakligi aytildi. 

“Bugungi Olimpiya sammitida sportchilar, xususan, yosh sportchilar o‘z hukumatlarining xatti-harakatlari uchun javobgar bo‘lmasliklari tan olindi”, – deyiladi XOQ bayonotida. 

Biroq, qo‘mita sportchilar “Olimpiya harakatining birlik va tinchlikni targ‘ib qilish missiyasini qo‘llab-quvvatlashlari” kerakligini ta’kidlagan. Bunga qarshi bo‘lganlar chetlashtirilishi mumkin. 

XOQ, shuningdek, 2022-yildan beri amalda bo‘lgan Belarusda xalqaro turnirlarni o‘tkazmaslik haqidagi tavsiyasini bekor qildi. Ushbu tavsiya to‘liq ko‘lamli urush boshlanishida ba’zi rus qo‘shinlari Ukrainaga Belarusdan kirganidan keyin joriy etilgandi. Biroq XOQ xalqaro federatsiyalar hali ham Rossiyada sport tadbirlarini o‘tkazish yoki qo‘llab-quvvatlashdan tiyilishi kerakligini ta’kidladi. 

Ma’lumot o‘rnida, qo‘mita kattalar musobaqalarida rossiyalik va belaruslik sportchilar uchun amaldagi cheklovlarni saqlab qoldi. Masalan, 2024-yilgi Parij Olimpiadasida Rossiya va Belarus sportchilariga faqat Ukrainaga qarshi urushni faol qo‘llab-quvvatlamagan va o‘z mamlakatlari xavfsizlik kuchlari yoki milliy terma jamoalari bilan aloqasi bo‘lmagan sportchilargina neytral bayroq ostida qatnashishiga ruxsat berilgan edi. Shuningdek, o‘yinlarning rasmiy maydonlarida Rossiya va Belarus bayroqlari hamda bu davlatlarning boshqa ramzlarini namoyish etish taqiqlangan.

 



														
														Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026

														
														Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026

														
														Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Mamlakat Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo bilan bog‘liq mojaro boshlanganidan beri to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotishlar 57…
12:31 / 30.03.2026

														
														Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
15:17 / 29.03.2026

														
														AQSh maxfiy ravishda yer operatsiyasini rejalashtirmoqda – Eron parlamenti spikeri

AQSh maxfiy ravishda yer operatsiyasini rejalashtirmoqda – Eron parlamenti spikeri

Muhammad Bog‘ir G‘olibafning aytishicha, AQSh muzokaralar haqida ochiq xabarlar tarqatmoqda, lekin yashirincha yer operatsiy…
15:01 / 29.03.2026

														
														Yakshanba kuni Pokistonda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Yakshanba kuni Pokistonda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

“Pokiston Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlarini yakshanba kuni davom etayotgan yaqin Sharqdagi urush…
17:53 / 28.03.2026

														
														Rossiya benzin eksportiga taqiq qo‘ymoqda

Rossiya benzin eksportiga taqiq qo‘ymoqda

Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi fonida benzin narxi ham oshgan.
12:19 / 28.03.2026

														
														Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb atadi

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb atadi

AQSh Prezidenti Donald Tramp “Kelajak investitsiyalari tashabbusi” tadbirida nutq so‘zlar ekan, Hormuz bo‘g‘ozini adashib “T…
09:43 / 28.03.2026

														
														Dollar kupyuralariga Tramp imzosi tushiriladi

Dollar kupyuralariga Tramp imzosi tushiriladi

Yangi imzo tushirilgan dastlabki 100 dollarlik kupyuralar joriy yilning iyun oyida bosib chiqarila boshlanadi.
17:13 / 27.03.2026

														
														Eron o‘ziga do‘st mamlakatlar uchun Hormuz bo‘g‘ozini ochdi

Eron o‘ziga do‘st mamlakatlar uchun Hormuz bo‘g‘ozini ochdi

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi payshanba kuni do‘st davlatlar, jumladan Hindiston kemalarining Hormuz bo‘g‘ozi orqa…
09:39 / 26.03.2026

Bu ham qiziq

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Zarbdor tumanida fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 65 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.
17:55 / 30.03.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026
1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonala…
09:30 / 31.03.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Bugun, 30-mart kuni ushbu haftalik Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.
14:31 / 30.03.2026
Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!