Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning importi hajmi 41,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.
2025-yilning 11 oyida O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar (AQSh dollarida):
— Xitoy – 12,8 mlrd;
— Rossiya – 7,8 mlrd;
— Qozog‘iston – 3 mlrd;
— Turkiya – 1,7 mlrd;
— Koreya Respublikasi – 1,5 mlrd;
— Germaniya – 1 mlrd;
— Hindiston – 1 mlrd;
— Turkmaniston – 926,2 mln;
— Belarus – 698,8 mln;
— AQSh – 656,1 mln.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!