Toshkent shahrida 2026-yil 27-apreldan boshlab ikki avtobus yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgarishlar joriy etiladi. Bu haqda shahar transport bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
40-sonli avtobus yo‘nalishi (Sergeli 12-dahasi – Toshkent vokzali)ning vokzal tomonga harakati endilikda Qipchoq ko‘chasidan emas, Sergeli yo‘li va Obihayot ko‘chasi orqali (ko‘prikdan o‘tib, ortga burilmasdan) amalga oshiriladi.
20-sonli avtobus yo‘nalishi (Ibn Sino 1-mavzesi – Gulobod ko‘chasi) esa uzaytirilib, avtobuslar Gulobod ko‘chasidan Saqichmon ko‘chasi va Zarqaynar ko‘chasi orqali Chorsu metro bekatigacha harakatlanadi.
Yo‘nalishning keyingi qismi Zarqaynar, Alisher Navoiy, Beruniy va Laylitog‘on ko‘chalari bo‘ylab davom etad
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!