$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Kelgusi yildan boshlab avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim toʻliq bekor qilinadi

21:11 / 15.11.2021

Kuni kecha hukumat tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 2022-yil uchun Davlat Byudjeti loyihasi va Byudjetnoma kiritildi, deya maʼlum qildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Gʻaniyev oʻz Telegram kanalida.

Qayd etilishicha, ushbu hujjatlarga koʻra, fuqarolarga mulkiy munosabatlarni amalga oshirishda davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonlarini yengillashtirish va mulk huquqini toʻlaqonli tasarruf etishga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim toʻliq bekor qilinadi.

Shuningdek, Moliya vazirligidagi manbalarga koʻra, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilishi kutilayotgan oʻzgartirishga asosan avtomobil oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun undiriladigan davlat boji, transport vositasining ot kuchi va ishlab chiqarilgan sanasidan qatʼiy nazar, BHMning 3 barobari (810 ming soʻm) etib belgilanadi (solishtirish uchun amaldagi toʻlov miqdori BHMning 2 barobari (540 ming) dan 10 barobarigacha (2 mln. 700 ming). 

Manbaning taʼkidlashicha, “2022-yil uchun Davlat Byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilinishi hamda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartirish kiritish ortidan ikkilamchi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlari keskin kamayadi. 

Deputatning maʼlum qilishicha, amaldagi tartibga asosan, ot kuchi 105 boʻlgan va ishlab chiqarilgan sanasi 3 yildan koʻp boʻlmagan Neksiya avtomobilini oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun hozir oʻrtacha 5 mln. 535 ming soʻm xarajat talab qilinayotgan boʻlsa, qonunchilikka yuqoridagi oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng (2022 yil 1 yanvardan) bu xarajatlar taxminan 4 mln. soʻmga kamayib, 1 mln. 600 ming atrofida  boʻladi. 

Statistik maʼlumotlarga koʻra, mamlakatimizda bir yilda 300 mingdan ortiq (ishonchnomalar bilan hisoblaganda, aslida 700 mingdan oshadi) avtomobil oldi-sotdi shartnomalari amalga oshirilishini inobatga olsak, koʻzda tutilayotgan bu ijobiy oʻzgarishlar natijasida fuqarolar ixtiyorida qoʻshimcha 1,2 trln. soʻmdan ortiq mablagʻ qoldiriladi.


Bu ham qiziq

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026
31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:44 / 30.10.2026
Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Bugun, 29-oktabr kuni dunyo reytingida 66-örinni egallab turgan özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova Yaponiyaning Tokio ş…
12:01 / 30.10.2026
Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida litse…
11:09 / 28.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:45 / 29.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkor…
12:11 / 30.10.2026
Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!