Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş sohasidagi islohotlar global texnologiyalarni mamlakat bozoriga olib kiriş uçun yangi imkoniyatlar oçganini ta’kidladi.
Uning qayd etişiça, Özbekiston şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş böyiça yondaşuvini yangilab, ma’lumotlarni qat’iy lokalizatsiya qiliş örniga moslaşuvçan va muvozanatli tizimni joriy etgan. Buning amaliy natijalaridan biri Google Pay’ning mamlakatda işga tuşirilişi bölgan.
Doron Avnining ta’kidlaşiça, tuşunarli va xalqaro tizimlar bilan uyğun qoidalar global texnologiyalarning bozorga tezroq kirib kelişini ta’minlaydi.
27-oktyabr kuni Özbekistonda Google Pay va Apple Pay tizimlari tölaqonli işga tuşgani e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!