IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga munosabat bildirdi. Kompaniya uşbu talqinga qöşilmasligini, unda keltirilgan körsatkiçlar turli moliyaviy holatlarni birlaştirişi va ularni bevosita zarar sifatida baholaş notöğri ekanini ma’lum qildi.
Avvalroq Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi vakili Mahmud Usmon kompaniyadagi moliyaviy tafovutlar va investorlar mablağlari bilan boğliq masalalarni oçiqlagan edi. IMAN Holding esa e’tirozlarga javoban bir neçta moliyaviy körsatkiç böyiça izoh berdi.
Kompaniya ma’lumotiga köra, muammoli qarzlar böyiça zaxiralar bilan qoplanmagan risk 3,5 mln dollarni taşkil etadi. 1-oktabr holatida bunday qarzlarning portfeldagi uluşi 6,5 foiz bölgan, 31,91 mlrd sömlik zaxiralar hisobga olinganda esa bu körsatkiç 3,5 foizga tuşgan.
Yana bir masala — boşqaruv kompaniyasining investitsiya fondi oldidagi 2,97 mln dollarlik qarzi. IMAN Holding uşbu mablağ boşqaruv taşkilotining joriy xarajatlarini fond hisobidan moliyalaştiriş natijasida yuzaga kelganini bildirdi. Kompaniya bu amaliyot iyul oyida töxtatilganini va mablağlarni noyabrdan boşlab olti oy içida qaytariş rejalaştirilganini ma’lum qildi.
Şuningdek, kompaniya 140,75 mlrd sömlik ortiqça kapital haqidagi e’tirozga ham javob berdi. IMAN ma’lumotiga köra, 2026-yil 1-oktabr holatida nasiya savdo portfeli 1 trln 105 mlrd 777 mln sömni, investorlar portfeli esa 965,02 mlrd sömni taşkil etgan. Kompaniya uşbu körsatkiçlarni moliyaviy tafovut mavjud emasligining dalili sifatida keltirgan.
Kompaniya asosçisi Rustam Rahmatov uçun 2026-yil aprel oyida taxminan 128 ming dollarga xarid qilingan Mercedes-Benz C500 avtomobili masalasi ham izohlandi. IMAN Holding avtomobil fond foydasiga ijaraga beriş maqsadida olinganini, biroq keyinçalik bitim islomiy moliyalaştiriş tamoyillariga mos kelmasligi tan olinganini bildirdi. Kompaniya ma’lumotiga köra, avtomobil 12-avgust kuni sotilgan, uning qiymati va ijara tölovlari töliq qaytarilgan.
Bundan taşqari, 2023-yilda bölib tölaş şarti bilan xarid qilingan BYD Çampion avtomobili böyiça qarzdorlik 31-iyul kuni muddatidan oldin töliq qoplangan. Tölangan summa 366,9 mln sömdan oşgan.
Yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan kompaniya boşqaruvini isloh qiliş rejalari ham e’lon qilindi. Unga köra, kundalik boşqaruvni yangi mutaxassislarga topşiriş va Rustam Rahmatovni kuzatuv kengaşiga ötkaziş közda tutilgan. Şuningdek, uç nafar olimdan iborat Şariat kengaşini tuziş va moliyaviy şaffoflikni oşiriş uçun mustaqil auditorlarni jalb etiş rejalaştirilgan.
Avvalroq, 25-oktabr kuni Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi “Iman Invest” bilan hamkorlikni töxtatganini e’lon qilgan edi. Kengaş dastlabki xulosalarida investorlar mablağlaridan foydalaniş bilan boğliq qoidabuzarliklar va bir neça million dollarlik kamomad haqida ma’lum qilgan.
Hozirça tomonlar bildirgan fikrlarni tasdiqlovçi mustaqil xulosa mavjud emas. IMAN Holding bayonotida kompaniya rahbariyatini yangilaş rejalari bildirilgan bölsa-da, rahbarning lavozimdan ketişi va yangi rahbar tayinlanişi rasman tasdiqlangani haqida ma’lumot keltirilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!