Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etdi.
Yiğiliş TDT sammiti doirasida ötkazilib, unda turkiy davlatlar örtasida oila institutini mustahkamlaş, xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş va ularning imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Ziroat Mirziyoyeva nutqida qizlarning zamonaviy ta’lim olişi, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş hamda ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş böyiça taşabbuslarni ilgari surdi.
Şuningdek, bolalar va ösmirlar uçun xavfsiz internet muhitini yaratiş hamda inklyuziv ta’limni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Yiğiliş yakunida Ziroat Mirziyoyeva tadbirni taşkil etgani uçun Turkiya Birinçi xonimi Emine Erdoğanga minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!