Joriy yilning 27-oktyabr kunidan boşlab yurtimizda global moliyaviy texnologiyalarning eng ilğor xizmatlari — Apple Pay va Google Pay tölov tizimlari töliq faoliyat yurita boşladi.
Köp yillar davomida kutilgan uşbu yangilaniş Saida Mirziyoyevaning bevosita taşabbusi, izçil va tinimsiz harakatlari natijasida amalga oşirildi.
Xöş, bu tizimlar foydalanuvçilar uçun nima beradi?
Hamyon va plastik kartalarni unutiş mumkin: Endi savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarida tölovlarni amalga oşiriş uçun plastik kartani olib yuriş şart emas. Smartfon (iPhone/Android) yoki aqlli soatni tölov terminaliga birgina tekkiziş kifoya.
Maksimal xavfsizlik: Mazkur tizimlar kartaning asl raqamlarini sotuvçiga oşkor qilmaydi. Har bir tölov maxsus bir martalik Face ID, Touç ID yoki barmoq izi orqali tasdiqlanadi. Bu esa mablağlarning öğirlanişi yoki firibgarlik xavfini deyarli nolga tuşiradi.
Bir zumda tölov: Naqd pul sanaş yoki PIN-kod terişga vaqt sarflanmaydi — xarid soniyalar içida yakunlanadi.
Mazkur taşabbusning amalga oşişi dunyoning eng yirik moliyaviy infratuzilmalarining mamlakatimizga kirib kelişi raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, aholiga yuqori darajadagi qulayliklar yaratiş va Özbekistonning xalqaro moliyaviy integratsiyasini kuçaytiriş yölidagi ulkan qadamdir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!