Kaniza taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Shahrizoda Ahmedova ikkinchi bor turmushga chiqdi. Ijodkor bu haqida Instagram sahifasi orqali maʼlum qilgan.
Xonanda turmush oʻrtogʻi bilan koʻp yillardan buyon tanish ekanligini aytib, u birga boʻlish uchun koʻp sinovlarni boshdan kechirganini soʻzlab bergan.
“Bir-birimizni 7 yil sinadik. Hattoki ayro yoʻllardan ketdik. Men hurmat qiladigan erkak oʻta rashkchi va sanʼatni qabul qila olmaydigan boʻlishi kerak edi. Shunday insonni sevib qoldim. Birga boʻlishimiz uchun yillar kerak boʻldi”, deb yozdi Kaniza.
U barcha qizlarning istagi oq libos kiyib, yangi hayotga qadam qoʻyish ekani, ammo baxtning erta kechi boʻlmasligini taʼkidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!