$
12814.78 UZS
-14.29
123.50 UZS
-1.41
13442.70 UZS
97.9
16° Kechasi

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

21:44 / 25.11.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, paxta va g‘alla hosildorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari yaqinda bo‘lib o‘tgan parlament majlisidagi nutqida aholi soni ko‘payib borayotgan hozirgi sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi.

Haqiqatan, yurtimiz aholisi yiliga qariyb 1 million nafarga o‘sib borayapti. Yer va suv manbalari esa cheklangan. Shu bois ichki bozor barqarorligini omilkorlik va hosildorlik orqali ta’minlash mumkin.

Taqdimotda qishloq xo‘jaligi vaziri shu boradagi rejalarni bayon etdi.

Kelgusi yil 4 million 800 ming gektarda ekinlar yetishtirish mo‘ljallangan. Shundan 2 million gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, kartoshka, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi. Ularning dalalarda joylashtirilishi va hosilning zaxiraga jamlanishi monitoring qilib boriladi.

Xususan, aholiga birlamchi zarur bo‘lgan 10 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining tizimli hisob-kitobi yuritiladi. Bunda har bir tuman kesimida qanday mahsulot yetishtirilishi va ichki bozor uchun qancha zaxira qilinishi mujassam bo‘ladi.

Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan 260 ming gektar yer 800 ming aholiga dehqonchilik qilish uchun bo‘lib berilgan edi. Shuningdek, Sayxunobod tajribasi asosida tomorqalarda mahsulot yetishtirish qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu odamlarni, ayniqsa, yoshlarni ish o‘rni va daromad bilan ta’minlashda to‘g‘ri yo‘l bo‘lganini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. Shuningdek, bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘p yetishtirilib, ularning narxi keskin oshib ketmasligida muhim omil bo‘ldi.

Endi bu ishlarning sifatini oshirib, ajratilgan yerlar va tomorqalardan unumli foydalanish, aholiga ilmiy va amaliy jihatdan ko‘maklashish zarur. Bundan tashqari, tumanlarning o‘zi qishloq xo‘jaligiga grant va texnik ko‘maklar jalb etishi, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashi talab etiladi. 

Davlatimiz rahbari xorijiy tajribani o‘rganib, kartoshkachilik tizimini takomillashtirish va hosildorligini oshirish zarurligini ta’kidladi.

O‘tgan yilgi qishda 9 ming gektar bog‘ va 4 ming gektar uzumzorni sovuq urgan edi. Oqibatda 207 ming tonna hosil nobud bo‘ldi.

Prezidentimiz bunday ob-havo sharoitlarida dehqonlar zararining oldini olish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shunga muvofiq, xorijiy mutaxassislar bilan birga “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Uning qabul qilinishi dehqon va fermerlarning iqtisodiy himoyasini ta’minlaydi.

Paxtachilikda xorijiy navlarni ekishning natijadorligi tahlil qilindi.

Davlatimiz rahbari bu borada klaster, fermer va sanoat korxonalari fikrini o‘rganib, masalaga ilmiy yondashish, fermerlarni zamonaviy agrotexnologiyalarga o‘qitish muhimligini ta’kidladi. Zamonaviy paxta terish mashinasi va aholi tomorqalari uchun kichik agrotexnikalar ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda daraxtzorlar barpo etilmoqda. Shunday bog‘lar atrofi hamda dala chetlarida odamlarga manfaat keltiradigan ekinlar yetishtirish mumkinligi aytildi.

Taqdimotda viloyat va tumanlarda qishloq xo‘jaligi sohasida boshqaruv tizimini isloh qilishga oid takliflar ham ko‘rib chiqildi.


O‘zbekiston


														
														Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, paxta va g‘alla hosildorligini oshirish bo‘…
21:44 / 25.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi

Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatida qilinayotgan ishlar va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar haqida axborot be…
19:55 / 25.11.2024

														
														O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro yuk tashish uchun ruxsatnomalarni bekor qildi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro yuk tashish uchun ruxsatnomalarni bekor qildi

Bu haqda Tojikiston transport vazirligi xabar berdi.
19:30 / 25.11.2024

														
														Surxondaryoda qarzdor firmaning 9 ta avtomobili musodara qilindi

Surxondaryoda qarzdor firmaning 9 ta avtomobili musodara qilindi

Surxondaryo viloyatida tashkilotlardan birining soliq organlariga qarzdorligi sababli to‘qqizta BYD elektromobili musodara q…
18:28 / 25.11.2024

														
														Poytaxtdagi ko‘chalardan biri bir oyga yopiladi

Poytaxtdagi ko‘chalardan biri bir oyga yopiladi

Bu haqda Mirobod tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
17:28 / 25.11.2024

														
														Allamjonovga qilingan suiqasd ortidan 7 kishi qo‘lga olindi

Allamjonovga qilingan suiqasd ortidan 7 kishi qo‘lga olindi

Ulardan biri Janubiy Koreyadan yana biri esa Qozog‘istondan topilgan.
16:37 / 25.11.2024

														
														O‘zbekiston 10 oyda 1,7 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan

O‘zbekiston 10 oyda 1,7 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida 1,71 mlrd AQSh dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan.
16:25 / 25.11.2024

														
														BAAda 3 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

BAAda 3 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Avvalroq, Isroil va Moldova davlatlari fuqarosi, Chabad-Lubavich harakati a’zosi, butun dunyo bo‘ylab yahudiylarning targ‘ib…
16:25 / 25.11.2024

														
														“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” global kompaniyasi boshlandi

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” global kompaniyasi boshlandi

“Toshkentda 25-noyabrdan boshlab “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” global kompaniyasi boshlandi. Bu tashabbus Xa…
09:12 / 25.11.2024

														
														Mirzo Ulug‘bekda mashina yonib ketdi

Mirzo Ulug‘bekda mashina yonib ketdi

Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
08:21 / 25.11.2024

Bu ham qiziq

Yashnoboddagi yong‘in bartaraf etildi

Yashnoboddagi yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 24-noyabr kuni soat 16:03 da Toshkent shahar Yashnabod tumani “Bunyodkor” MFY, Farg’ona yo‘li ko‘chasida joylashgan u…
17:16 / 24.11.2024
O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro yuk tashish uchun ruxsatnomalarni bekor qildi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro yuk tashish uchun ruxsatnomalarni bekor qildi

Bu haqda Tojikiston transport vazirligi xabar berdi.
19:30 / 25.11.2024
O‘zbekiston 10 oy davomida rekord darajada gaz import qildi

O‘zbekiston 10 oy davomida rekord darajada gaz import qildi

2024-yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston rekord darajadagi 1,36 milliard dollarga gaz import qilgan. Bu haqda Prezident …
18:00 / 23.11.2024
BAAda isroillik ravvinning jasadi topildi

BAAda isroillik ravvinning jasadi topildi

Shuningdek, uning o‘limida Eron tomonidan yollangan o‘zbek fuqarolari gumon qilinmoqda.
20:40 / 24.11.2024
Allamjonovga qilingan suiqasd ortidan 7 kishi qo‘lga olindi

Allamjonovga qilingan suiqasd ortidan 7 kishi qo‘lga olindi

Ulardan biri Janubiy Koreyadan yana biri esa Qozog‘istondan topilgan.
16:37 / 25.11.2024
“Hizbulloh” Isroilga 250 ga yaqin raketa uchirgani ma’lum bo‘ldi

“Hizbulloh” Isroilga 250 ga yaqin raketa uchirgani ma’lum bo‘ldi

Isroilning Livanga qarshi keng ko‘lamdagi havo hujumlaridan so‘ng, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani aytilayotgan “Hi…
15:25 / 25.11.2024
G‘azodagi shifoxona bir haftadan buyon Isroil nishonida

G‘azodagi shifoxona bir haftadan buyon Isroil nishonida

G‘azo shimolidagi “Kamol Advan” shifoxonasi rahbari doktor Hussam Abu Safiye bemorlar va tibbiyot xodimlari bilan birgalikda…
12:51 / 25.11.2024
O‘zbekiston 10 oyda 1,7 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan

O‘zbekiston 10 oyda 1,7 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida 1,71 mlrd AQSh dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan.
16:25 / 25.11.2024
“Man Siti” yana mag‘lub bo‘ldi, bu beshinchisi

“Man Siti” yana mag‘lub bo‘ldi, bu beshinchisi

Pep Gvardiola “Manchester Siti”ning “Tottenhem”dan uchragan yirik 4:0 hisobidagi mag‘lubiyatidan so‘ng o‘z fikrlarini bildir…
10:53 / 24.11.2024
Bukingem saroyi uch yilga yopiladi

Bukingem saroyi uch yilga yopiladi

“Britaniya monarxlarining qarorgohi keng ko‘lamli ta’mirdan o‘tkazilishi kerak. Saroy qiymati 369 million funt sterlingni (4…
12:28 / 24.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!