15-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” ob-havo prognozida ma’lum qilindi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi esa 32-34 darajani tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida shamol ayrim joylarda kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi 30-35 darajagacha yetadi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa eng yuqori harorat kuzatilib, havo 37 darajagacha isishi prognoz qilinmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida harorat 30-35 daraja atrofida bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 30-35 darajagacha ko‘tariladi.
Tog‘li hududlarda esa ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!