“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2026-yil mart–aprel oylarida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondagi oilalarning umumiy baxtlilik indeksi 0,618 ballni tashkil etdi.
Tadqiqotda respublika bo‘ylab 12 ming 697 nafar respondent ishtirok etgan. Unda oilalarning iqtisodiy farovonligi, ish bilan ta’minlanganligi, ta’lim imkoniyatlari, sog‘lom turmush tarzi hamda davlat xizmatlaridan qoniqish darajalari o‘rganilgan.
Metodikaga ko‘ra, baxtlilik indeksi –1 dan +1 gacha baholanadi. +0,5 dan yuqori natija esa “yuqori daraja” sifatida qabul qilinadi. Mutaxassislar qayd etishicha, 0,618 ball oilalarning hayotdan qoniqish darajasi yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oilalarning baxtlilik indeksi 2023-yilda 0,560 ballni, 2025-yilda esa 0,611 ballni tashkil etgan. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich barqaror o‘sib bormoqda.
Tadqiqotda oilaviy qadriyatlar, demografik barqarorlik va oilaviy hayotdan mamnunlik eng yuqori baholangan yo‘nalishlar sifatida qayd etildi. Shuningdek, ta’lim, bandlik va davlat xizmatlaridan qoniqish darajasi ham oshgani ta’kidlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!