Hozirda Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi lavozimda faoliyat yuritayotgan Valeriy Zalujniy The Telegraph uchun yozgan maqolasida urushning sabablari va kelajakdagi tinchlik haqida fikr yuritgan.
Unga ko‘ra, urush har doim ham bir tomonning g‘alabasi va ikkinchisining mag‘lubiyati bilan tugamaydi. Uning fikricha, hatto keyingi urush kutilayotgan tinchlik davri ham siyosiy o‘zgarishlar, chuqur islohotlar, to‘liq tiklanish, iqtisodiy o‘sish va fuqarolarning qaytishi uchun imkon yaratadi. Biroq bularning barchasi samarali xavfsizlik kafolatisiz imkonsiz.
“Bunday xavfsizlik kafolatlariga quyidagilar kirishi mumkin: Ukrainaning NATO’ga qo‘shilishi, yadro qurolini Ukraina hududida joylashtirish yoki mamlakatda Rossiyaga qarshi tura oladigan qudratli ittifoqchining yirik harbiy kontingentini joylashtirish”, – deya qayd etgan Zalujniy.
’
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!