$
12964.43 UZS
-30.16
158.28 UZS
0.6
14744.45 UZS
-17.4
20° Kechasi 10°

10 turdagi mahsulot uchun bojlar yumshatilishi rejalashtirilmoqda

17:02 / 18.12.2023

Prezident raisligida ayni vaqtlarda o‘tkazilayotgan ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidagi videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan bugungi kunda trikotaj kiyim va mato, gazlama, kabel, maishiy texnika, mevalar, uzum, dukkakli ekinlar, qayta ishlangan meva-sabzavot kabi eng ko‘p eksport bo‘ladigan 10 turdagi mahsulotni tashqi bozorlarga olib kirishda ko‘plab to‘siqlar borligi qayd etildi.

Tarmoqlar har doimgi eksport bozorlari bilan cheklanib qolayapti, yangi bozorlarga kirib borishga ularda toqat yetishmayotgani alohida ta’kidlandi. Mutasaddilarga eksportbop 10 turdagi tayyor mahsulotning har biriga 10 tadan yangi istiqbolli bozorni belgilab, bozorlarda mahsulotlarga texnik va sifat talablarini o‘rganib, o‘zimizni korxonalarga ularni o‘rgatish, laboratoriyasiga yordam berish topshirildi.

Xorijdagi hamkasblar bilan muzokara o‘tkazib, sertifikat, boj va yig‘imlarni yumshatish bo‘yicha choralar ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, davlat rahbari ishlab chiqarish va eksportni oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.

To‘qimachilik sanoatida kiyim-kechak, uy tekstili, mehmonxona uchun sochiq, choyshab, yostiq, matras, parda kabi o‘zimizda ishlab chiqarsa bo‘ladigan tovarlar asosan chetdan olib kelinayotgani qayd etildi.

Shu bois aralash tola va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish kerakligi ta’kidlandi. Buning uchun birinchi bosqichda 125 ming tonna sun’iy toladan ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha 15 ta loyiha ishga tushirilishi belgilandi. Shuningdek, Andijon shahrida 15 million dollarlik, Samarqand shahrida 20 million dollarlik loyiha hisobiga sun’iy toladan parda va mebel matolari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Kelgusi yilda to‘qimachilikda yana kamida 700 million dollar qo‘shilgan qiymat yaratish, trikotaj bo‘yoqxonalar quvvatini 40 foizga, gazlama matoda – 30 foizga olib chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi to‘qimachilik korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilish topshirildi. Yuqori qiymat beradigan yangi loyihalarga 200 million dollar resurs sifatida ajratilishi belgilandi.

Bu mablag‘lar yirik tozalash inshootlari qurib beriladigan hududda bo‘yoqxonalar tashkil qilish loyihalariga beriladi. Ularga suvni tozalash inshootlari xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonning Bahrayndagi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Bahrayndagi elchisi tayinlandi

Ar-Riyod shahrida istiqomat qilayotgan Nodirjon Turg‘unov Bahrayn Qirolligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid Al-Za…
20:18 / 18.04.2025
Zargarlar mol-mulk solig‘idan ozod qilindi

Zargarlar mol-mulk solig‘idan ozod qilindi

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilindi. Bu haqda Adli…
19:28 / 19.04.2025
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining raisligiga saylandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining raisligiga saylandi

Kecha, 18-aprel kuni Sport vazirligi majlislar zalida o‘tkazilgan navbatdan tashqari konferensiyada O‘zbekiston talabalar sp…
08:54 / 19.04.2025
Endi Toshkent metrosi tonnellarida ham aloqa operatorlari ishlaydi

Endi Toshkent metrosi tonnellarida ham aloqa operatorlari ishlaydi

Toshkent metropoliteni tizimi yo‘lovchilar uchun muhim transport turi bo‘lib, shahar bo‘ylab qulay va samarali harakatlanish…
17:00 / 19.04.2025
Turkiyadagi giyohvandlikka qarshi operatsiyada 520 dan ortiq gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Turkiyadagi giyohvandlikka qarshi operatsiyada 520 dan ortiq gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Operatsiya natijasida 525 gumonlanuvchi hibsga olingan.
12:31 / 18.04.2025
20-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
22:37 / 19.04.2025
Savdo urushi fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi

Savdo urushi fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi

Oltin narxi yangi yuqori darajaga ko‘tarildi, chunki investorlar AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi oqibatlaridan xavoti…
10:35 / 19.04.2025
O‘zbekiston SpaceX yordamida sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston SpaceX yordamida sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan birgalikda sun’iy yo‘ldoshni uchirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu h…
19:17 / 18.04.2025
Jizzaxda homilador ayol kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirildi

Jizzaxda homilador ayol kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahrida bir homilador ayol kaltaklangani aks etgan videotasvirlar tarqaldi.
21:23 / 19.04.2025
Yangi Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik 20 gektarlik okeanarium quriladi

Yangi Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik 20 gektarlik okeanarium quriladi

14-aprel kuni Prezident Mirziyoyevga Yangi Toshkentdagi Chirchiq daryosi bo‘yidagi 20 gektar maydonda okeanarium qurish loyi…
09:51 / 18.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!