Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratish va Rossiyaga qarshi 20-paket sanksiyalarni tasdiqladi. Qaror 23-aprel kuni yozma tartibda qabul qilingani ma’lum qilindi.
Mazkur o‘zgarishlar 2021–2027-yillarga mo‘ljallangan byudjet doirasida amalga oshirilib, 2026–2027-yillarda Ukrainaga mablag‘ ajratish uchun huquqiy to‘siqlarni bartaraf etadi.
Yangi sanksiyalar Rossiyaning energetika va transport sohalariga qaratilgan. Jumladan, gaz tashuvchi tankerlar va ayrim kemalarga nisbatan dengiz hamda moliyaviy xizmatlar cheklanadi. Shuningdek, Rossiya yuk tashish kompaniyalarining Yevropadagi gaz terminallariga kirishi va tankerlar savdosiga ham cheklovlar qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Kredit mablag‘ining ilk qismi may oxiri iyun boshida ajratilishi kutilmoqda. Volodimir Zelenskiy ushbu qarorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning tezroq amalga oshirilishiga umid bildirgan.

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!