Avvalroq, Bolalar ombudsmaniga fuqaro N.Sh. 2023-yil 17-noyabrda Yakkasaroy tumanida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi K.G‘.ning 2021-yilda tug‘ilgan o‘g‘li L.A.ga nisbatan qo‘pol harakati natijasida bolaning qo‘li bilagidan chiqib, unga jiddiy shikast yetganligi haqida murojaat etgan edi.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida tayinlangan tibbiy ekspertiza yuzasidan 2023-yil 18-dekabr kuni berilgan xulosaga ko‘ra, L.A.ga og‘irlik darajasi bo‘yicha o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlari yetkazilgan.
Buning asosida O‘zbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, enaga yordamchisi G‘.K. xatti-harakatlari bilan kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, ya’ni o‘z kasbiga beparvolik yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishda ifodalangan jinoyat sodir etganligi yuzasidan ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!