$
12165.24 UZS
-25.19
159.42 UZS
-2.67
14330.65 UZS
-32.11
31° Kechasi 18°

2050-yilga kelib 5 mlrd inson suvsizlikdan aziyat chekadi

11:49 / 01.12.2022

Iqlim, ekologik va ijtimoiy o‘zgarishlarning tabiiy resurslariga ta’sirini tahlil qilish natijalariga ko‘ra, Jahon metereologiya tashkiloti (WMO) ushbu mavzu bo‘yicha o‘zining birinchi hisobotini e’lon qildi. Hujjat chuchuk suv zahiralarining global hajmi haqida tasavvur beradi, shuningdek, yer kriosferasining (qor va muz) zaif holatini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, 2021-yilda dunyoning katta qismi odatdagidan ko‘ra quruqroq ob-havo sharoitini boshdan kechirgan.

“So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishining oqibatlari suv resurslari orqali tobora ko‘proq sezilmoqda: biz ko‘proq kuchli va tez-tez qurg‘oqchilik, ekstremal toshqinlar, notekis mavsumiy yog‘ingarchilik va muzliklarning tez erishini ko‘rmoqdamiz. Bunday o‘zgarishlar iqtisodiyotlar, ekotizimlar va kundalik hayotimizning deyarli barcha jabhalariga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq yillik izlanishlarga qaramay, biz haligacha chuchuk suv resurslarining taqsimlanish mantig‘ini, shuningdek, ular bilan sodir bo‘ladigan miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini to‘liq tushunmayapmiz”, – deydi JST Bosh kotibi professor Petteri Taalas.

Ta’kidlanishicha, global suv holati ushbu bilim bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan. U taqdim etgan ma’lumotlar va tahlillar iqlim o‘zgarishiga moslashish va yumshatish uchun zarur bo‘lgan investisiyalarni samarali taqsimlaydi.

Hozirda 3,6 milliard odam yilning kamida bir oyi davomida suvdan yetarli darajada foydalana olmaslik muammosiga duch kelmoqda. Bu ko‘rsatkich 2050-yilga borib besh milliarddan (!) oshishi kutilmoqda.

2001-yildan 2018-yilgacha Yer yuzidagi barcha tabiiy ofatlarning 74 foizi suv bilan bog‘liq. Yaqinda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasida suv birinchi marta forumning yakuniy hujjatida muhim ko‘rsatkich va muhim resurs sifatida tilga olindi.


Bu ham qiziq

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
17:28 / 18.04.2026
Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer munosabatlari sohasida qonunbuzilish holatlariga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo…
17:32 / 18.04.2026
Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

O‘zbekistonda nogiron farzandini kunduzgi parvarish xizmatiga bergan ota-onalar uchun ushbu xizmatga oyiga 3 million so‘mgac…
13:32 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib yubordi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib yubordi

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qilishicha, joriy yilning 15-aprel kuni Buxoro shahrida mast holda avto…
12:26 / 19.04.2026
Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish hamda mavjud muammola…
09:29 / 19.04.2026
O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi

Vazirlar Mahkamasining 16-apreldagi qarori bilan o‘qituvchilar uchun navbatdan tashqari attestatsiya to‘lovi ikki baravar ka…
16:52 / 19.04.2026
Aholini gaz ballonlari bilan ta’minlash tartibi o‘zgardi

Aholini gaz ballonlari bilan ta’minlash tartibi o‘zgardi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarni maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash xizmati 2026-yil 1-iyundan boshlab faqat Davlat xi…
10:56 / 19.04.2026
Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining joriy yil 14-apreldagi ko‘rsatma xatiga muvofiq, 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchu…
10:50 / 18.04.2026
O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda nogironlarini ijti…
10:43 / 18.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!