O‘zbekistonda jismoniy shaxslarni maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash xizmati 2026-yil 1-iyundan boshlab faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Bu haqda hukumat qarorida belgilandi.
Ushbu tartib aholiga qulaylik yaratish va xizmatlarni raqamlashtirishni kengaytirishga qaratilgan.
Maishiy gaz ballonlari tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmagan hududlarda yashovchi aholiga beriladi. Ariza berish jarayoni “E-gaz” tizimi orqali amalga oshiriladi. Tekshiruvlardan so‘ng ijobiy xulosa berilsa, 12 ish kuni ichida 1 dona gaz balloni bepul yetkazib beriladi.
“Hududgazta’minot” AJ ma’lumotiga ko‘ra, tizimni Yagona portal va Davlat xizmatlari markazlari bilan integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatda 4,5 milliondan ortiq iste’molchi tabiiy gaz, 3,7 milliondan ziyodi esa suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!