Yilning oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.
30-31-dekabr kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugungi kun - dekabr oyi oxirgi kunlarining eng iliq kuni bo‘ladi. Kunduzi havo 13-18 daraja iliqqacha isiydi.
Ertaga 30-dekabrda havo haroratining pasayishi boshlanadi, 31-dekabrga kelib, harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 1-2-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 1-yanvar kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 1-yanvarda 3-8 daraja iliq, 2-yanvarda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
3-4-yanvar kunlari hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 3-yanvar kuni, 4-yanvar kuni kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!