Tayvanning shimoli-sharqiy qirg‘og‘idagi Yilan shahridan taxminan 32 km uzoqlikda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali orol ma’muriyatiga tayangan holda.
Mamlakat hukumati zilziladan so‘ng katta zarar qayd etilmaganini ma’lum qildi. Ayrim joylarda gaz va suv sizib chiqishi, shuningdek binolarga yengil shikast yetgani qayd etilgan.
Shuningdek, Tayvan Ob-havo boshqarmasi yaqin bir kun ichida 5,5–6 magnitudali takroriy silkinishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Tayvan prezidenti Lay Sinde vaziyat hukumat nazoratida ekanini bildirib, takroriy zilziladan aholini hushyorlikka chaqirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!