🔷Toshkent shahri
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 8–10 gradus iliq bo‘ladi.
🔷 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, Ustyurtda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 gradus sovuq, shimolda 8 gradus sovuqqacha, kunduzi 0–5 gradus iliq bo‘ladi.
🔷 Buxoro va Navoiy viloyatlari Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Navoiy viloyati shimolida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 gradus iliq, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 2–4 gradus sovuqqacha, kunduzi 5–10 gradus iliq bo‘ladi.
🔷 Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5–10 gradus iliq bo‘ladi.
🔷 Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 5–10 gradus iliq bo‘ladi.
🔷 Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, kechga tomon ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 gradus sovuq – 3 gradus iliq, kunduzi 5–10 gradus iliq bo‘ladi.
🔷 Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 gradus sovuq, kunduzi 1–6 gradus iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!