$
12012.21 UZS
7.46
158.14 UZS
1.03
13731.16 UZS
39.74
31° Kechasi 18°

5-Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TIIF-2026) Platinum homiy sifatida ishtirok etmoqda

18:00 / 15.06.2026

Jahon miqyosida energetika transformatsiyasi jadallashayotgan bir davrda dunyo mamlakatlari energiya xavfsizligini mustahkamlash, ishlab chiqarish quvvatlarini diversifikatsiya qilish va uglerod neytralligiga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yanada kuchaytirmoqda. «Acwa» kompaniyasi 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TIIF-2026) Platinum homiy sifatida ishtirok etib, O‘zbekistonning energetika sohasidagi transformatsiyasiga o‘zining strategik g‘oyalari va yuqori darajadagi muloqotlari bilan salmoqli hissa qo‘shmoqda.

«Acwa Central Asia» kompaniyasi 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumining (TIIF-2026) Platinum homiysi sifatida qatnashmoqda. Ushbu strategik hamkorlik O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasida energetika infratuzilmasini mustahkamlash, sarmoya oqimini jadallashtirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xalqaro investorlarning o‘rni naqadar muhim ekanini yaqqol namoyon etadi. Kompaniyaning forumdagi faol ishtiroki mamlakatning barqaror rivojlanish strategiyasini qo‘llab-quvvatlash va yashil energetikaga o‘tish jarayonini jadallashtirish borasidagi uzoq muddatli majburiyatlariga sodiqligidan dalolat beradi.

Forum doirasida ushbu intilishlarni aks ettirish maqsadida kompaniya delegatsiyasi muhim yalpi majlislar, davra suhbatlari va yuqori darajadagi uchrashuvlarda asosiy rollardan birini ijro etadi.

Ushbu tadbirlar doirasida «Acwa» hamda Xorijiy investorlar kengashi hamkorligida «JW Marriott Hotel Tashkent» mehmonxonasida maxsus Biznes-nonushta tashkil etiladi. Ushbu uchrashuv yetakchi rahbarlar, infratuzilma investorlari va regulyatorlarni bir davraga jamlab, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, tarif islohotlari hamda uzoq muddatli kapitalni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muhokama qilish uchun samarali maydonga aylanadi.

Yana bir diqqatga sazovor tashabbus - O‘zbekiston tennis federatsiyasi (UTF) va «Acwa» kompaniyasi tomonidan TIIF-2026 doirasida yo‘lga qo‘yilgan «Generations United» («Avlodlar birligi») tennis turniridir. Ushbu ijtimoiy loyiha avlodlar o‘rtasida mazmunli muloqotni yo‘lga qo‘yish, ustoz-shogird an’analari va tajriba almashishni rag‘batlantirish, shuningdek, sportning jamiyatni jipslashtiruvchi qudratli vosita ekanini ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.

Bundan tashqari, «Acwa» kompaniyasining bosh ijrochi direktori doktor Samir Serxan «Energetika transformatsiyasi: Markaziy Osiyoda qayta tiklanuvchi energiya, atom energetikasi va vodorod» mavzusidagi yalpi majlisda asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etadi. U o‘z nutqida yirik transformatsiya loyihalarini moliyalashtirish, elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlar (PPA) tuzilmasi hamda yangi quvvatlarni umumiy tarmoqqa integratsiya qilish masalalariga to‘xtalib o‘tadi.

Shu bilan bir qatorda, «Acwa» kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori doktor Jon Zaidi «Tadbirkorlikda ayollar: gender tengligiga asoslangan o‘sishning iqtisodiy samaradorligi» mavzusidagi panel sessiyasida nutq so‘zlaydi. Unda ayollar tadbirkorligini kengaytirish yo‘llari, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda gender omilini hisobga olgan holda kiritilgan investitsiyalarning makroiqtisodiy ta’siri muhokama qilinadi. Sessiya yakunida «Acwa» kompaniyasi va xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlovchi «Hamroh» tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi. Ushbu hamkorlik an’anaviy grant yordamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalariga o‘tishni ko‘zda tutib, xotin-qizlar boshqaruvidagi biznesning barqaror rivojlanishi va uzoq muddatli samaradorligini ta’minlash uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Rasmiy muzokaralardan tashqari, «Acwa» kompaniyasi Xorijiy investorlar kengashining boshqa a’zolari bilan birgalikda «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida tashkil etiladigan «Silk Road Night Run» tungi yugurish marafonini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu tadbir xalqaro delegatlar uchun norasmiy muhitda fikr almashish va aloqalarni mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyatdir.

Kompaniyaning ushbu sa’y-harakatlari energetika transformatsiyasiga xalqaro investitsiyalarning ortib borishi bilan bog‘liq global tendensiyalarga to‘liq mos keladi. Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, energiya xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va uglerod emissiyasini kamaytirishga qaratilgan intilishlar tufayli yashil energetikaga yo‘naltirilgan global yillik xarajatlar 2 trillion AQSh dollaridan oshishi kutilmoqda va bunda eng katta ulush qayta tiklanuvchi energiya manbalariga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo kabi rivojlanayotgan bozorlar qayta tiklanuvchi energiya, energiyani saqlash tizimlari va yashil vodorod loyihalariga yirik xususiy investitsiyalarni tobora ko‘proq jalb qilmoqda.

Bunday global sharoitda O‘zbekiston mintaqada qayta tiklanuvchi energiya manbalari eng tez rivojlanayotgan bozorlardan biri sifatida o‘zini namoyon eta oldi. Mamlakatimizda makroiqtisodiy o‘sish va sanoat rivojlanishini ta’minlash maqsadida yashil energiya quvvatlarini kengaytirish, xalqaro strategik hamkorlarni jalb etish hamda uzoq muddatli energiya xavfsizligini kafolatlash bo‘yicha ulkan dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Ushbu milliy yuksalishning asosiy drayverlaridan biri aynan «Acwa» kompaniyasidir. Bugungi kunda kompaniya dunyoning 15 mamlakatidagi 110 ta loyihada 121,3 milliard AQSh dollari qiymatidagi aktivlarni boshqarib kelmoqda. Bu loyihalarning umumiy ishlab chiqarish quvvati 95,7 GVtni tashkil etib, shundan 52 GVtidan ortig‘i qayta tiklanuvchi energiya manbalariga to‘g‘ri keladi. Korporatsiya, shuningdek, global miqyosda uglerod neytralligiga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlagan holda, akkumulyatorli energiyani saqlash tizimlari (BESS) va yashil vodorod portfelini faol kengaytirmoqda.

Bunday mustahkam hamkorlik natijasida O‘zbekiston «Acwa» kompaniyasining xalqaro o‘sish strategiyasida markaziy o‘rinni egalladi va kompaniya uchun jahon miqyosidagi ikkinchi eng yirik bozorga aylandi. Kompaniyaning mamlakatimizdagi 19 ta loyihaga kiritgan va rejalashtirgan investitsiyalari hajmi 15 milliard AQSh dollariga yetdi. Bu esa qayta tiklanuvchi energiya, energiyani saqlash tizimlari, elektr uzatish infratuzilmasi, yashil vodorod va moslashuvchan ishlab chiqarish texnologiyalarini qamrab olgan eng yirik xususiy energetika portfelidir.

Bugungi kunda kompaniya loyihalari Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi kabi bir qator hududlarni qamrab olgan holda strategik jihatdan taqsimlangan. «Bosh» va «Jonkeldi» shamol elektr stansiyalari, «Qoratau 1» shamol energetikasi loyihasi, energiyani saqlash tizimiga ega «Riverside» quyosh fotoelektr stansiyasi, Chirchiq shahridagi mamlakatda birinchi bo‘lib ishga tushirilgan yashil vodorod majmuasi hamda Sirdaryodagi 1,5 GVt quvvatga ega bug‘-gaz qurilmali (BGGQ) issiqlik elektr stansiyasi shular jumlasidandir. Ushbu keng ko‘lamli loyihalar portfeli orqali «Acwa» O‘zbekistonning energiya xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlariga salmoqli hissa qo‘shish bilan birga, har yili atmosferaga qariyb 7,7 million tonna CO₂ chiqindilari chiqarilishining oldini olmoqda.


Bu ham qiziq

Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” boshlandi

Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” boshlandi

Belarus Respublikasida 7–8-iyul kunlari “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir ikki mamlakat o‘rtas…
14:45 / 08.07.2026
Ukraina Rossiya olib ketgan 2 368 nafar bolani vatanga qaytardi

Ukraina Rossiya olib ketgan 2 368 nafar bolani vatanga qaytardi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan buyon majburan olib ketilgan 2 368 nafar ukrainalik bola o‘z vataniga qay…
12:01 / 10.07.2026
Bolalarga zo‘ravonlik qilgan bog‘cha pedagoglariga 1 yil ishlash taqiqlanadi

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan bog‘cha pedagoglariga 1 yil ishlash taqiqlanadi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik sodir etgan pedagoglar bir yil davomida maktabgacha ta’lim …
14:48 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva MEDEF International huzuridagi O‘zbekiston—Fransiya ishbilarmonlar ken…
09:28 / 10.07.2026
Rio Olimpiadasi chempioni YTHdan so‘ng mast holda ushlandi

Rio Olimpiadasi chempioni YTHdan so‘ng mast holda ushlandi

2016 yilgi Olimpiya chempioni, qozog‘istonlik bokschi Daniyar Yeleusinov Ostona shahrida mast holda avtomobil boshqarib, ikk…
10:11 / 10.07.2026
Tramp Anqaraga shaxsiy zirhli limuzini va maxsus ko‘chma hojatxonasi bilan keldi

Tramp Anqaraga shaxsiy zirhli limuzini va maxsus ko‘chma hojatxonasi bilan keldi

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammitida ishtirok etish uchun Anqaraga mingga yaqin xavfsizlik va xizmat xodimlari, dunyo…
16:59 / 08.07.2026
O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

O‘zbekiston aholisining 9,7 milliondan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi.
15:43 / 09.07.2026
Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 7-iyul kuni Anqarada bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib E…
10:04 / 08.07.2026
Farg‘ona shahrida 1,5 mlrd so‘mlik kredit mablag‘larni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari fosh etildi

Farg‘ona shahrida 1,5 mlrd so‘mlik kredit mablag‘larni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoy…
10:15 / 08.07.2026
NATO sammitida birinchi xonimlar uslubi diqqat markazida bo‘ldi

NATO sammitida birinchi xonimlar uslubi diqqat markazida bo‘ldi

Anqarada o‘tayotgan NATO sammiti doirasidagi rasmiy kechki qabul nafaqat diplomatik uchrashuvlar, balki birinchi xonimlar va…
14:25 / 08.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!