Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish istagidagi, milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga imtihonlarda tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tizimi joriy etiladi.
Yangi tartibga muvofiq, arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, maxsus elektron platforma yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
Shuningdek, hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilsa yoki belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, ariza rad etilishi mumkin.Davlat xizmatidan foydalanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!