Jahon bankining 2026-yil iyun oyida e’lon qilingan “Global Economic Prospects” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha kutilmalar ijobiy tomonga qayta ko‘rib chiqildi.
Yangilangan prognozga asosan, mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) joriy yilda 6,4 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu avvalgi prognozga nisbatan yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, O‘zbekiston mintaqadagi eng barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotlardan biri sifatida qayd etildi.
Hisobotda iqtisodiy o‘sishga ichki iste’molning oshishi, investitsiyalar hajmining ko‘payishi va iqtisodiy islohotlarning davom etayotgani ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlangan. Mutaxassislar ushbu omillar kelgusi yillarda ham mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishini qayd etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!