Ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan viloyati Mingbuloq tumanida 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Joriy yilning 26-noyabr kuni Mingbuloq tumanida 1989-yilda tug‘ilgan erkak soat 22:00 larda ajrashib ketgan turmush o‘rtog‘ining yashab kelayotgan uyiga borib, birgalikda yashash to‘g‘risida kelisha olmasdan, janjallashib, unga o‘zi va farzandlarini o‘ldirishini aytgan.
Shundan so‘ng, u shu kuni soat taxminan 23:10 larda uyida o‘zi bilan birgalikda yashab kelayotgan 2018-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini qasddan o‘ldirish maqsadida bo‘yin sohasiga 3 marotaba pichoq tortgan. Shu vaqtda xonadondagi baqir-chaqirlarni eshitgan akasi qo‘lidan pichoqni tortib olib qo‘ygan. Shu tariqa erkak o‘g‘lini qasddan o‘ldirish jinoyatini oxiriga yetkaza olmagan.
Mazkur holat yuzasidan 27-dekabr kuni Mingbuloq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!