$
11963.16 UZS
49.81
₽
142.33 UZS
-0.06
€
13390.36 UZS
61.7
31° Kechasi 18°

Abdulla Oripov xotirasi

11:39 / 20.03.2024

Abdulla Oripov – Oʻzbekiston qahramoni unvoni sohibi, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbobi. XX asr oʻzbek adabiyoti va sheʼriyatining taniqli vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi matni muallifi.

Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagida joylashgan. Otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli jamoa xoʻjaligi raisi boʻlgan. Onasi Turdixol uy bekasi boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi.

1958-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, Toshkent davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetining jurnalistika yoʻnalishiga oʻqishga kirib, oliygohni ham 1963-yilda imtiyozli diplom bilan yakunladi.

Universitetdan soʻng, 1963-1967-yillarda “Yosh gvardiya” nashriyotida muharrir, 1974-1976-yillarda “Sharq yulduzi” jurnali boʻlim mudiri; 1976-1982-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi, 1982-1983-yillarda uyushmaning Toshkent viloyati boʻlimi mas’ul kotibi, 1983-1985-yillarda “Gulxan” jurnali bosh muharriri, 1985-1996-yillarda Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi, 1996-2009-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi va bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi lavozimlarida faoliyat yuritdi.

2009-yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faxriy raisi lavozimini egallagan. Abdulla Oripov 1990-yilda Oʻzbekiston Oliy Kengashi, 1995-yilda Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. 2005-yilda Senat aʼzosi etib tayinlangan.

Abdulla Oripov 2016-yilning 5-oktyabrida uzoq vaqt davomidagi kasallikdan soʻng, AQShning Texas shtatida vafot etdi.

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 3,4 million tonna paxta yig‘ib olindi

O‘zbekistonda 3,4 million tonna paxta yig‘ib olindi

O‘zbekistonda 2026-yil 12-oktyabr holatiga ko‘ra, 3,4 million tonna paxta xomashyosi yig‘ib olindi. Bu joriy yil uchun belgi…
09:25 / 13.10.2026
Bo‘stonliqda 4 gektar yerning toifasini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs 100 ming dollar bilan ushlandi

11:19 / 13.10.2026
Dunyoda o‘ta qashshoqlikda yashayotganlar soni 51,5 millionga oshdi

Dunyoda o‘ta qashshoqlikda yashayotganlar soni 51,5 millionga oshdi

BMT Taraqqiyot dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab kambag‘allikdan aziyat chekayotganlar soni 1,2 milliard kishiga y…
10:03 / 13.10.2026
O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3 million 700 ming gektar yaylovni qayta tiklash va hosildorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu …
10:08 / 14.10.2026
Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

13-oktyabr kuni AQSHda afsonaviy reper Tupak Shakurning 1996-yildagi qotilligida ayblangan Dueyn “Keffi Di” Devis umrbod qam…
09:45 / 14.10.2026
Erkinjon Turdimov Yoshlarning innovatsiyalar ofisi faoliyati bilan tanishdi

Erkinjon Turdimov Yoshlarning innovatsiyalar ofisi faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov Yoshlarning innov…
16:26 / 13.10.2026
Popda ozodlikdan mahrum etilgan shaxs apellyatsiya sudi qarori bilan ozod qilindi

Popda ozodlikdan mahrum etilgan shaxs apellyatsiya sudi qarori bilan ozod qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2026-yil 13-oktabr kuni e’lon qilingan ajrimi b…
09:14 / 13.10.2026
Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда 2027 йил августидан бошлаб ўқитувчилар дарсни бузаётган ўқувчиларни зарурат туғилганда жисмоний куч ишлатиб синфдан …
10:14 / 14.10.2026
Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga soliq va subsidiya imtiyozlari beriladi.
15:38 / 14.10.2026
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi

Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz fa…
09:13 / 14.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!