Isroilning sobiq bosh vaziri Naftali Bennet Turkiyaga nisbatan choralar ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda i24news xabar bermoqda.
Bennet Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni “ayyor va xavfli raqib”, deb atab, uni Isroilni “o‘rab olishga” intilayotganini ta’kidladi. U Isroil rasmiylarini bu tahdidga ko‘z yummaslikka chaqirgan.
Sobiq bosh vazirga ko‘ra, Qatar va Turkiya “Musulmon birodarlar” harakati atrofida Eron kabi “qurolni” shakllantirmoqda. Bennet Turkiyaning Suriyadagi faolligi va G‘azodagi ta’siri haqida ham gapirib, bu holatni Isroil uchun yangi tahdid sifatida baholagan.
Shuningdek, u Isroil bir vaqtning o‘zida Tehron tomonidan kelayotgan tahdid va Anqara bilan munosabatlardagi murakkabliklarga qarshi turishi kerakligini bildirib o‘tgan.
Turkiya ushbu bayonotga rasmiy munosabat bildirmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!