Aktrisa Luiza Rasulova Instagram sahifasidagi jonli efir vaqtida Abror Muxtor Aliyning nikoh masalasidagi soʻzlariga nisbatan munosabat bildirdi.
“Domlaning aytganlarini qabul qildik. Oilamizda, atrofimizda ilmi kuchli insonlar juda koʻp. Aytgan gaplari qisman toʻgʻri va haqiqatdan ham shunday boʻlishi mumkin. “Dinda hazil yoʻq” degan gapni biz ham qabul qilib, buning yechimini topib, bu masalani hal qilib boʻlganmiz. Bu gaplar gapirib chiqilgan vaqtdayoq, oradan 2 kun oʻtib bu narsa hal boʻlgan. Men ularni shaxsan tanimayman. Bu hal boʻlganini biladilarmi, bilmaydilarmi, bunisidan xabarim yoʻq. Shunchaki menga berilgan rolni oʻynab berishga majburman. Bu mening ishim”, dedi aktrisa.
Uning aytishicha, bu sahnani Davron Kabulov bilan maslahatlashib, toʻgʻri keladigan qilib olib chiqish kerak boʻlgan. Shunga qaramasdan hech kimni ayblamasligi, bu haqida bilmaganliklarini aytib oʻtgan.
Eslatib oʻtamiz, bundan bir muddat avval Abror Muxtor Aliy Luiza Rasulova sahnada rol ijro eta turib haqiqatdan ham nikohlanib qolganini aytgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!