“Amazon” kompaniyasi “Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” filmining yangi treylerini taqdim etdi. Jeff Bezos asos solgan kompaniya bu safar nafaqat epizodlardan, balki suratga olish maydonchasidan olingan kadrlarni ham namoyish qilganini ko‘rish mumkin.
Bir kun oldin “Entertainment Weekly” xuddi shu loyihadan 5 ta yangi eksklyuziv kadrlarni namoyish etdi. Xuddi shu maqolada aytilishicha, rejissyorlar syujet tafsilotlarini hatto aktyorlardan ham yashirishga harakat qilishgan: ular ishtirok etmagan sahnalar to‘plamida bo‘lishga esa ruxsat berilmagan.
Biroq, bu aktyorlarning qiziqishini to‘xtata olmadi, ularning aksariyati yozuvchi Jon Tolkin asarlarining ishqibozlari. Elf Arondir roli ijrochisi Ismoil Kruz shlyapasini ko‘ziga tortib, yuzini niqob bilan yopgan va boshqa saytlarga kirish uchun shunday hiyladan foydalanganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, serial voqealari O‘rta Yerning ikkinchi davrida – “Uzuklar hukmdori” va “Xobbit” filmidagi Baggins davri tarixidan ming yillar oldin sodir bo‘ladi.
“Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” seriali joriy yilning 2 sentyabr kuni “Amazon Prime Video”da namoyish etiladi. Birinchi mavsum 8 qismdan iborat bo‘lib, har haftada bittadan qism efirga uzatiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!