Andijon viloyati yana bir tarixiy madaniy voqeaga mezbonlik qildi. Viloyat markazida 20 ming nafar ishtirokchi qatnashgan ulkan “Andijon polkasi” ommaviy raqs namoyishi tashkil etildi. Ushbu tashabbus orqali milliy raqs san’atini jahon miqyosida tanitish va Ginnes rekordlari kitobiga kiritish maqsad qilingan.
Tadbir 2026-yilda Andijonning “Turk dunyosining madaniy poytaxti” sifatidagi nufuzli maqomi doirasida o‘tkazildi. Shahar markazidagi maydon va unga tutash hududlar an’anaviy milliy kuylar, rang-barang liboslar va sahnalashtirilgan chiqishlar bilan to‘lib-toshdi.
Tashkilotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, bu kabi ommaviy tadbirlar nafaqat madaniy merosni asrab-avaylash, balki uni xalqaro maydonda targ‘ib qilishga ham xizmat qiladi. “Andijon polkasi” raqsi orqali o‘zbek xalqining boy madaniyati, milliy qadriyatlari va san’atga bo‘lgan e’tibori keng namoyon etildi.
Aytishicha, tadbir davomida minglab yoshlar, san’atkorlar va havaskor raqqoslar bir sahnada uyg‘un harakat qilib, unutilmas manzara yaratdi.
Ayni paytda ushbu ommaviy raqs namoyishi Ginnes rekordlari tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!